Milonit




Milonit (yun. mylon — tegirmon) — maydalangan va mayda kukunga aylangan togʻ jinsi: togʻ massalarining tektonik uzilmalar yuzasi boʻylab harakatlanishi natijasida hosil boʻladi. Vujudga kelgan kuchli bosim sharoitida togʻ jinslari (granit, gneyslar, kristalli slanetslar, kvarsitlar va h.k.) chang holatiga qadar maydalanadi va ayni vaqtda zichlanadi. Milonitlanish kataklaz (minerallarning togʻ jinsi ichida deformatsiya natijasida maydalanishi)dan togʻ jinsining juda ham kichik mikroskopik zarra oʻlchamigacha maydalanishi bilan farq qiladi. M. Tyaniian va Ural togʻlaridagi yirik regional surilmalar boʻylab uchraydi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz