Milliy tiklanish kuni




Milliy tiklanish kuni (ozarbayjoncha: Milli dirçəliş günü) ― Ozarbayjonda har yili 17-noyabrda nishonlanadigan davlat bayramidir. 1992-yildan boshlab 17-noyabr Milliy tiklanish kuni sifatida nishonlanadi.

Tarixi



1988-yil 17-noyabrda Bokudagi Lenin maydonida (hozirgi Svoboda maydoni) Sovet Ittifoqi markaziy hokimiyati siyosatiga qarshi ommaviy norozilik mitinglari boshlandi. Namoyishchilar Togʻli Qorabogʻ mojarosining boshlanishi va qochqinlar oqimidan xavotirda edilar, birinchi marta Ozarbayjonni SSSR tarkibidan chiqish chaqiriqlari yangradi. 22-noyabr kuni Bokuda komendantlik soati joriy etildi va Sovet qoʻshinlarining katta kuchlari ham jalb qilindi. 3 -dekabrdan 4-dekabrga oʻtar kechasi namoyishchilar tarqatib yuborildi, keyinchalik ularning koʻplari (taxminan 400 kishi) hibsga olindi. Ozarbayjonlar uchun Milliy tiklanish kuni milliy ozodlik harakatining boshlanishini anglatadi, natijada Ozarbayjon mustaqil davlatga aylandi.

Manbalar




Yana qarang




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz