Milliy progressiv front (Suriya)




Milliy progressiv front (Arapcha: الجبهة الوطنية التقدمية. Lotincha yozilishi: al-Jabha al-Waṭaniyyah at-Taqaddumiyyah) Suriyadagi partiyalarning siyosiy ittifoqi boʻlib, hukumatning anti-imperialistik va arab millatchilik yoʻnalishini qoʻllab-quvvatlaydi va Suriyadagi eng yirik partiya boʻlgan Baʼs partiyasining „jamiyatdagi yetakchi rolini“ tan oladi.

Tarihi



Jabha 1972-yilda Suriya prezidenti Hofiz Asad tomonidan hukmron Baʼs partiyasidan tashqari, faoliyat olib borayotgan boshqa barcha siyosiy partiyalarning hukumatda cheklangan ishtirokini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan. Suriya konstitutsiyasi Baʼs partiyasiga ijroiya qoʻmitadagi ovozlardan, 50 foizidan oshiq qismini nazorat qilish imkonini beradi. Suriya Xalq Kengashidagi ayrim oʻrinlar Baʼs partiyasidan tashqari, Milliy progressiv frontdagi partiyalarning aʼzolari uchun ajratilgan. Bu kichikroq partiyalar qonuniy ravishda Baʼs partiyasi rahbariyatini qabul qilishlari shart. Misol uchun, Progressiv frontdagi Baʼschi boʻlmagan partiyalarga harbiylar yoki „faqatgina Baʼsga ajratilgan“ talabalar jamoasidan oʻz tarafdorlarini yollashga ruxsat berilmaydi.

1972-yildan 2011-yilgacha faqat Milliy progressiv frontda ishtirok etuvchi partiyalarga Suriyada qonuniy faoliyat koʻrsatishga ruxsat berilgan.

2011-yildagi „Partiyalar toʻgʻrisida“gi qonun farmoni, 2011-yilgi „Umumiy saylovlar toʻgʻrisida“gi qonun toʻgʻrisidagi farmon va 2012-yildagi Suriyaning yangi konstitutsiyasi, Suriyada koʻppartiyaviylik tizimini joriy qildi. Milliy progressiv frontdan kirmagan partiyalarga ham siyosiy faoliyat olib borishga roʻxsat berildi.

Ilgari Milliy progressiv frontining bir qismi boʻlgan, Suriya sotsial millatchi partiyasi 2012-yil may oyida boʻlib oʻtgan parlament saylovlari uchun muxolifatdagi Oʻzgarish va erkinlik uchun xalq frontiga qoʻshildi. Biroq, Suriya sotsial millatchi partiyasi 2014-yil iyun oyida boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovlarida Bashshor Asadning qayta saylanishini qoʻllab-quvvatladi va keyin yana Milliy progressiv frontiga qoʻshildi.

Aʼzo partiyalar



Hozirgi vaqtda Milliy progressiv fronti quyidagi siyosiy partiyalardan iborat:

Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz