Milliy olimpiya qoʻmitalari assotsiatsiyasi




Milliy olimpiya qoʻmitalari assotsiatsiyasi (MOQA) 1979-yil iyun oyida tashkil etilgan. Bosh qarorgohi Shveysariyaning Lozanna shahrida joylashgan.

Assotsiatsiyaga jami 206 ta Milliy olimpiya qoʻmitasi aʼzo boʻlgan.

Prezidentlarga oid faktlar



Mario Vaskes Rana tashkilotga 33 yil prezidentlik qilgan. Shayx Ahmad Al-Fahad Al-Sabah, shuningdek, Osiyo olimpiya kengashi prezidenti hamdir.

Milliy olimpiya qoʻmitalari assotsiatsiyasi tuzilmasi



Assotsiatsiyaning oliy boshqaruv organi Bosh Assambleya hisoblanadi. Yilda bir marta Bosh Assambleya yigʻilishi oʻtkazilib, unda barcha aʼzolar, yaʼni 206 ta Milliy olimpiya qoʻmitalari ishtirok etadilar. Har toʻrt yilda bir marotaba Bosh Assambleyaning navbatdagi yigʻilishida saylovlar oʻtkazilib, prezident, birinchi vitse-prezident, shuningdek, ijroqoʻm aʼzolari saylanadi. Bosh Assambleya yigʻilishlari orasida yiliga kamida ikki marotaba Ijroqoʻm aʼzolarining uchrashuvlari boʻlib oʻtadi. Ijroqoʻm aʼzolari 5 ta mintaqaviy uyushmalardan 4 yil muddatga saylangan vakillardan iboratdir. 5 ta mintaqaviy uyushmaga Afrika, Amerika, Osiyo, yevropa va Okeaniya kiradi.

Milliy olimpiya qoʻmitalari assotsiatsiyasining roli va maqsadlari:

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz