Milliy olimpiada qo'mitasi




Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qoʻmitasi  — sport va jismoniy madaniyatni rivojlanitirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, Olimpiyadaga oid taʼlim, Olimpiya qadriyatlari ommalashtirish, xalqaro aloqalarni mustahkamlash ishlarida ishtrok etadi, sport murabbiylari va sport tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida faoiyat yurituvchi tashkilot.

Tashkil etilishi



1992-yil 21-yanvarda Toshkent shahrida chaqirilgan konferensiya qarori bilan tashkil topgan. 1993-yil sentabr oyida Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi ning 101-sessiyasida tasdiqlangan. MOQ sport va jismoniy madaniyatni rivojlanitirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, Olimpiyadaga oid taʼlim, Olimpiya qadriyatlari ommalashtirish, xalqaro aloqalarni mustahkamlash ishlarida ishtrok etadi, sport murabbiylari va sport tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlaydi. Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi, Osiyo Olimpiya Kengashi, Milliy Olimpiya qoʻmitalari jamiyati va boshqa qator xalqaro sport federatsiyalari hamda tashkilotlari oʻrtasida mustahkam hamkorlik aloqalari oʻrnatilgan. MOQning oliy organi Bosh assambleya, u odatda, bir yilda kamida bir marta chaqiriladi. Assambleyalar orasidagi davr ichida MOQ ijroiya qoʻmitasi olimpiada harakatiga rahbarlik qiladi. MOQ rahbarligida ish olib boruvchi Olimpiya akademiyasi tashkil qilingan (1993). U koʻngilli jamoat tashkiloti hisoblanib, olimpiada harakati va olimpiada oʻyinlarining qadriyat va tamoyillarini oʻrganadi va ommalashtiradi. Olimpiada gʻoyalarini targʻib qilish maqsadida Toshkentda Oʻzbekiston Olimpiya shon-shuhrati muzeyi tashkil etilgan (1996). Muzeyda Oʻzbekiston va xalqaro olimpiya harakati, milliy sport turlari tarixi, mashhur sportchilar erishgan muvaffaqiyatlardan hikoya qiluvchi eksponatlar toʻplangan.

Faoliyati



Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi (MOQ) nodavlat notijorat tashkilot boʻlib, u oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi, Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi (XOQ), Olimpiya Xartiyasi va Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Ustavi asosida amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi respublikada jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish boʻyicha bir qator muhim funksiyalarni bajaradi. MOQning asosiy funksiyalarini ichki va tashqi funksiyalarga boʻlish mumkin.

Ichki funksiyalarga quyidagilar tegishli:

Tashqi funksiyalar ham bulardan unchalik farq qilmaydi:

Ichki funksiyalarni bajarish 1992-yil 21-yanvardan, Oʻzbekiston MOQ tuzilganidan boshlab amalga oshirila boshlandi. Xalqaro faoliyatni toʻla amalga oshirish Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi oʻzining 1993-yil sentabr oyidagi 101-sessiyasida Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasini tan olgan paytdan boshlagan.

Oʻzbekistoning Olimpiada oʻyinlaridagi medallari



Oʻzbekiston Olimpiyachilarining Yozgi Olimpiada oʻyinlarida erishgan medallari

London-2012 Olimpidasida bronza medalini qoʻlga kiritgan Soslan Tigiyev organizmida taqiqlangan metilgeksaneamin moddasi topilgani sabab, bronza medalidan mahrum qilingan.

Olimpiada oʻyinlari tarixidagi sovrindorlar




Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi quyidagilardan tashkil topgan:




Sport federatsiyalari




Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Rahbariy organlari quyidagilar hisoblanadi:




Bosh Assambleya



Bosh Assambleya vakolatlariga quyidagilar kiradi:

Ijro etuvchi qoʻmita



Bosh Assambleyalar davrida Oʻzbekiston MOQ faoliyatiga tarkibi Bosh Assambleya tomonida belgilanadigan Ijro etuvchi qoʻmita boshchilik qiladi.
Oʻzbekiston MOQ tarkibiga quyidagilar kiradi:

Ijroqoʻm majburiyatlariga quyidagilar kiradi:

Oʻzbekiston MOQ Prezidentlari




Olimpiya shon-shuhrati muzeyi



Olimpiya shon-shuhrati muzeyi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 14-avgustdagi 284-sonli qarori bilan tashkil etilgan. Uning 1996-yil 1-sentabrdagi tantanali ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasining oʻsha vaqtdagi Prezidenti Xuan Antonio Samaranch ishtirok etishdi.

Oʻzbekiston Olimpiya shon-shuhrati muzeyi Olimpizm qadriyatlarini va „halol oʻyin“ tamoyillarini targʻib qilishda, Oʻzbekiston sportchilarining gʻalabalari va Oʻzbekistonda Olimpizmning rivojlanish tarixi toʻgʻrisida keng jamoatchilikka maʼlumot berishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda muzey Oʻzbekiston sportchilarining Olimpiya oʻyinlarida va boshqa muhim xalqaro musobaqalarda qoʻlga kiritgan gʻalabalarini oʻzida aks ettiruvchi mavzuli ekspozitsiyalar va koʻrgazmali tadbirlarni doimiy ravishda tashkil etadi.
Oʻzbekiston Olimpiya shon-shuhrati muzeyi asosiy fondidan 2000 dan ortiq eksponat oʻrin olgan, shulardan 1000 dan ortiq eksponat doimiy ekspozitsiyaga qoʻyilgan. Muzeyda medallar, kuboklar, mayoqlar, pochta markalari, badiiy tasmalar, sport inventarlari va kiyim-kechaklari koʻp miqdorda koʻrgazmaga qoʻyiladi.

Yana qarang




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz