Milliy galereya




Milliy galereya (National Gallery) — 18—19-asrlar Gʻarbiy Yevropa rangtasviri asarlarining jahondagi eng sara toʻplamlaridan; London shahrida 1824-yilda J. J. Angerstayn kolleksiyasi negizida tashkil qilingan. 1830-yillarda klassitsizm uslubida qurilgan binoda joylashgan (meʼmori U. Uilkins). M. g .ning fondida saqlanayotgan nodir asarlar qatoridan Duchcho, P. Uchchello, Pyero della Francheska, J. Bellini (doj Leonardo Loredan portreta), Leonardo da Vinchi ("Kryadagi madonna"), Titsian ("Madonna"), Ya. van Eyk ("Erxotin Arnolfinlar portreta"), Kichik X. Xolbeyn ("Elchilar"), Rembrant ("Suvga tushayotgan ayollar"), D. Velaskes ("Venera oyna bilan"), T. Geynsboro ("Tonggi sayr"), F. Goyya va boshqa rassomlarning asarlari ham bor.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz