Milliy faxriylar kuni




Milliy faxriylar kuni (fin: kansallinen veteraanipäivä, kansallinen vetraanipäivä ; shved. nationalella veterandagen, shunella veterandagen) Finlandiya umumdavlat milliy bayrami boʻlib, 27-aprelda nishonlanadi. U Laplandiya urushi tugagani xotirasiga bagʻishlanib tashkil etilgan.

Tarixi



Bayram sanasi 1987-yilda belgilangan. U Laplandiya urushining 1945-yil 27-aprelda tugashi munosabati bilan tashkil etilgan. Finlandiya Bosh vaziri Kalevi Sorsa bayramni tashkil etish tashabbusini ilgari surgan. Uni Finlandiya mudofaa vaziri Veykko Pixlayamyaki qoʻllab quvvatlagan.

Bayram munosabati bilan butun mamlakat boʻylab davlat bayrogʻi koʻtariladi.

2013-yilda Finlandiya Prezidenti Sauli Niinistyo Jyväskyla shahrida boʻlib oʻtgan bayram tantanalarida ishtirok etdi. 2016-yilda bayram markazi sifatida Oulu shahri tanlandi. 2017-yilda esa bayram Lahti shahrida keng nishonlandi.

Yana qarang




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz