Millie Brady
Camilla Eve Brady (1993-yil 24-dekabrda tug'ilgan) - ingliz aktrisasi va modeli. U “The Last Kingdom"(Oxirgi qirollik) serialidagi rollari hamda “Pride and Prejudice and Zombies"(Gʻurur va xurofot va zombi) filmidagi rollari bilan mashhur.
Yoshlik yillari
Camilla Eve Brady Berkshir viloyatidagi Bracknell shahrida tug'ilgan va bolaligida mamlakat bo'ylab turli hududlarga ko'chib o'tgan. Camilla Eve Brady 11 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan vaqtida Sent-Meri's School Ascot maktab-internatida o'qidi. Yoshligidan aktyorlikka qiziqib, Londonga ko'chib o'tib karyera qilish maqsadida, pul yig'ish uchun o'smirlik chog'ida modellik bilan shug'ullangan.
Faoliyati
Camilla Eve Brady o'zining televizion debyutini ITV seriyali bo'lgan "Mr Selfridge"(janob Selfridj)ni ikkinchi seriyasida va "Legend"(Afsona) filmidagi Joan Collins rolida debyut qildi. U Premier Model Management kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi. Miu Miu kampaniyasi bilan birga ishlash bo'yicha shartnoma imzoladi. U 2016-yilda "Pride and Prejudice and Zombies"(Mag'rurlik va xurofot va Zombilar) komediya filmida Mary Bennet rolini o'ynadi. Camilla Eve Brady "The Clan of the Cave Bear" teleserialida suratga tushishi kerak edi, biroq Lifetime serialni bekor qildi.
2017-yilda Camilla Eve Brady Lady Athelflæd rolida ikkinchi seriyasi uchun "The Last Kingom"(So'nggi qirollik) filmining asosiy rollarini ijro etuvchilar tarkibiga qo'shildi. U "King Artur: Legend of the Sword)"Qirol Artur: Qilich afsonasi"(2017), "Yoshlar ruhi" (2018) va "Intrigo: Samariya"(2019) filmlarida rollarni ijro etgan. 2020-yilda u ikkita miniserialda rol o'ynadi. Shuningdek, Camilla Eve Brady Netflixning "The Queen's Gambit"(Qirolichaning Gambiti) filmida kichik rol o'ynagan.
2021-yil iyun oyida Camilla Eve Brady 2022-yil iyulida premyerasi boʻlib oʻtadigan Apple TV+ Surfacening mini-serialida suratga tushishi e’lon qilindi. 2022-yil aprel oyida Camilla Eve Brady Pollyanna McIntosh bilan birgalikda “Double Blind” qoʻrqinchli triller filmida rol oʻynadi.
Shaxsiy hayoti
Camilla Eve Brady katta singlisi Caroline bilan Shimoliy Londondagi Hampsteadda yashaydi. Uning Luna ismli iti bor. Ilgari Camilla Eve Brady One Direction qo'shiqchisi va qo'shiq muallifi Harry Styles bilan uchrashgan. Ular 2013-yilda ajralishdi.
Filmografiyasi
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org