Milka
Milka - Mondelēz International kompaniyasiga tegishli shokolad brendi. Asosiy ishlab chiqarish joyi yuz yilda beri Lörrachda (Germaniya) joylashgan. Ilk ishlab chiqarish fabrikasi Shveysariyada boʻlgan.
Milka nomi ikkita nemischa soʻzlardan – Milch (sut) va Kakao (kakao) dan olingan. Milka brendi shokoladli pechenye, shirinliklar va boshqa qandolat mahsulotlarini ham ishlab chiqaradi.
Tarixi
Shveysariyalik Filipp Suchard 1825-yili Nevshatelda shokolad ishlab chiqarishni boshlagan. 1826-yilda Suxardda oʻz kompaniyasini kengaytirdi va ishlab chiqarishni yaqin atrofdagi Seryerga koʻchirdi, u yerda ijaraga olingan sobiq suv tegirmonida har kuni 25-30 kg shokolad ishlab chiqaradi va sotadi. Suchardning shokoladi 1851-yili Londondagi Jahon koʻrgazmasida va 1855-yilda Parijdagi Butunjahon koʻrgazmasida taqdirlanadi. 1890-yillarda esa kompaniya shokoladga sut qoʻshishni boshladi.
Milka brendi 1901-yilda tashkil etilgan. Sutli shokolad firma mahsulotini boshqa ishlab chiqaruvchilar mahsulotlaridan ajratib turuvchi nilufar oʻramiga qadoqlay boshlagan.
1909-yilda Milka birinchi marta Avstriyada ishlab chiqarilgan va sotilgan.
1913-yilga kelib, kompaniya Germaniyaning Lörrach zavodida 1880-yildagi birinchi zavodiga qaraganda 18 baravar koʻp shokolad ishlab chiqardi.
1926-yilda Milka Rojdestvo va Pasxa uchun mavzuli konfetlar ishlab chiqarishni boshladi.
1960-yillarda Milka savdo belgisi sifatida roʻyxatga olingan va binafsha rang mahsulot qadoqlash uchun rasmiy brend rangiga aylanadi.
Binafsharang sigir 1972-yilda savdo ramziga aylandi.
1970-yilda Suchard Tobler bilan birlashib, Interfoodni tashkil etadi.
1982-yilda Interfood Jacobs kofe kompaniyasi bilan birlashib, Jacobs Suchardga aylandi. 1990-yilda Kraft Foods Jacobs Suchardni sotib oladi.
2012-yilda Kraft Foods ikkita yirik boʻlinmaga boʻlinish jarayonini boshdan kechirdi.
Reklama
Brend ramzi - boʻynida qoʻngʻiroqli binafsha rang sigir hisoblanadi.
Ilgari mahsulotni reklama qilish uchun haqiqiy sigir ishlatilgan, u purkagich bilan binafsha rangga boʻyalgan, keyin esa boʻyoqdan yuvilgan. Eng ommabop reklama modeli 1990-yillarda reklama kompaniyasidan olingan qaldirgʻoch sigir edi. Uning bu reklamasi ishlab chiqaruvchiga yiliga 6000 frankka tushadi.
Manbalar
uz.wikipedia.org