Mile Svilar
Mile Svilar (1999-yil 27-avgustda tugʻilgan) — professional futbolchi, Italiya A Seriyasining „Roma“ klubida darvozabon sifatida oʻynaydi. Belgiyada tugʻilgan, Serbiya terma jamoasi vakili.
Klub faoliyati
Anderlext
Svilar KFCO Wilrijk va Beerschot ACning yoshlar jamoalari tarbiyalanuvchisi boʻlib, 2010-yilda u Belgiya jamoasi Anderlextga qoʻshilib, 2016-17-yilgi mavsumda uchinchi darvozabon sifatida faoliyatini boshladi. Lekin bu mavsumda birorta ham oʻyinda maydonga tushmadi.
Benfika
Svilar 2017-yilning 28-avgustida Portugaliyaning shu yilgi chempioni „Benfika“ bilan besh yillik shartnoma imzoladi. 14-oktyabr kuni u klubdagi debyutini „Olhanense“ga qarshi oʻyinda boshladi va bu oʻyinda jamoasi bilan 1:0 hisobida gʻalaba qozondi. Bu uchrashuvda Svilar „Benfika“da oʻynagan eng yosh darvozabonga aylandi. Xalqaro musobaqada u 2017-yil 18-oktabr kuni 18 yoshu 52 kunligida „Manchester Yunayted“ga qarshi oʻyinda maydonga tushib, Chempionlar Ligasida oʻynagan eng yosh darvozabon sifatida Iker Kasilyasning rekordini yangiladi. Angliya termasiga qarshi javob oʻyinida 18 yoshu 65 kunligida u Chempionlar ligasi oʻyinida penaltini amalga oshirgan eng yosh darvozabonga aylandi.
Roma
2022-yil 1-iyulda Svilar A Seriya klubi Roma bilan 2027-yil 30-iyungacha shartnomani imzoladi.
Xalqaro faoliyati
Yoshlar terma jamoasi
Svilar Belgiya U-16, Belgiya U-17, Belgiya U-18 terma jamoalari va Belgiya U-19 terma jamoasi azosi boʻlgan. U Ozarbayjonda boʻlib oʻtgan 2016-yilgi UEFA U-17 Yevropa chempionatida Belgiya U-17 terma jamoasi uchun birinchi raqamli darvozabon sifatida tanlab olingan.
Kattalar terma jamoasi
Svilarning ota-onasi serb oilasida tugʻilgan. Shuning uchun Svilar Belgiya yoki Serbiya terma jamoasi vakili boʻlishi mumkin edi. 2017-yilning 4-noyabrida u Serbiya futbol assotsiatsiyasining chaqiruvini qabul qilib, 2018-yilning mart oyida Serbiya terma jamoasidagi ilk oʻyinini oʻtkazishini eʼlon qildi. U Serbiya bilan 2021-yil 1-sentyabrda Qatar ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻrtoqlik oʻyinida debyut oʻyinini oʻtkazgan.
Shaxsiy hayoti
Svilar Serbiya pasportiga ega. Uning otasi Ratko Serbiyalik sobiq darvozabon hisoblanadi.
Faoliyat statistikasi
Klub
Xalqaro
1 September 2021
Yutuqlar
Anderlext Benfika Manbalar
uz.wikipedia.org