Mildyu




Mildyu (ang . mildew), soxta kul kasalligi, peronosporoz — oʻsimliklarning peronosporali zamburugʻlardan zararlanishi. Aksariyat tokda xavfli soxta kul kasalligini qoʻzgʻatadi. Tarqatuvchisi — Plasmopora viticola Berl. et Toni. parazit zamburugʻ hisoblanib, tokning jonli toʻqimasini, novda, barglari va uzum gʻujumlarini zararlaydi. Ortiqcha namlik va yogʻingarchilik kasallikni avjlantiradi. Mavsumda 20-martgacha avlod beradi. Kurash choralari: tok parvarishida agrotexnologiya talablariga rioya qilish; bordo suyukligi, sineb, kuprozan, mikal va boshqa fungitsidlarni purkash.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz