Milana Star




Milana Star yoki Milana (haqiqiy ismi – Milana Vitaliyevna Mairko yoki Milana Vitaliyevna Gogunskaya ; 2010-yil 17-fevral, Moskva) – rossiyalik qoʻshiqchi va video bloger.

Biografiyasi



Milananing otasi aktyor va boshlovchi Vitaliy Gogunskiy. Milana 2010-yil 17-fevralda tugʻilgan. Milananing onasi Irina Mairko oʻsha paytda Gogunskiy bilan turmush qurmagandi. Alla Pugachovaning estrada sanʼati maktabida vokal boʻyicha tahsil olgan. 2018-yil kuzidan boshlab Milana Mixail Grebenshchikovda oʻqiy boshlaydi. Milananing kumiri Maykl Jekson. 2014 va 2016-yillarda Milana "Odin v odin" telekoʻrsatuvida ishtirok etdi. 2014-yilda otasi bilan faqat bir marta chiqish qildi. Milana Ani Lorak qiyofasida, otasi Grigoriy Leps qiyofasida shu qoʻshiqchilarning „Zerkala“ qoʻshigʻini kuylashadi. 2017-yil 30-avgustda „Malyavka“ qoʻshigʻi uchun olingan birinchi videoklipi (Mixail Grebenshchikov musiqasi, Mariya Maxanko soʻzlari). Dastlabki uch hafta ichida videoklip YouTubeda deyarli 2 million marta koʻrilgan. Oʻsha yili Milana „A mne“, „Pati mama“ qoʻshiqlari uchun videokliplarini ham joylashtiradi. 2017-yil 1-sentyabrda maktabga bordi. Oʻsha yili Milana Sochidagi „On i ona“ konsertida 12 ming tomoshabin oldida chiqish qildi („Odnajdi v dekabre“ qoʻshigʻi bilan). 2018-yilda Milana Milana Filimonova va Liza Anoxina bilan tanishadi. 2018-yilda Milana Maksim Galkinning „Luchshe vsex“ (Birinchi kanal) loyihasida „Malyavka“ qoʻshigʻini ijro etdi. 2018-yil 27-oktyabrda Milana STILNYASHKA bolalar va oʻsmirlar kiyimlari brendining koʻrgazmasida qoʻshiq ijro etdi (Moskvadagi „Moda haftaligi 2018“ doirasida). 2018-yilda Milana Denis Bunin bilan duetda yozilgan „Ya Milana“ qoʻshigʻi uchun videoklipini Youtubega joylashtirdi. Oʻsha yili „Ya takaya v mamu“, „Luchshaya podruga“ („LP“), „Biznes pupsik“ kliplarini Youtubega joylashtirdi. 2019-yilda esa „Na maksimalkax“, „Zdravstvuy, shkola“ (Vitaliy Gogunskiy bilan), „Malchishki“, „Ya vibrala tebya“ (Irina Mairko bilan), „Novogodnyaya“ (Denis Bunin bilan) videokliplarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirdi. 2023-yil mart oyining boshida „LP“ qoʻshigʻiga ishlangan videoklip nomaʼlum sababga koʻra, barcha musiqiy platformalardan oʻchirib tashlandi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz