Milan Spremo
Milan Spremo (serbcha: Милан Спремо; 1995-yil 27-aprel, Novi Sad, Serbiya va Chernogoriya) — serbiyalik futbolchi, yarim himoyachi.
Futbolchilik faoliyati
Milan Novi Sad shahrining „Voyvodina“ jamoasi safia bir necgta yosh toifasida muvaffaqiyatli harakat qildi. Keyinchalik asosiy jamoa tarkibida 2014-yilgi mavsumda debyutini oʻtkazdi. Spremo Serbiya yoshlar ligasi kubogini qoʻlga kiritgan jamoaning bir qismi edi. Maʼlum davrda u Petrovac na Mlava shahrining „Sloga“ klubiga ijara shartnomasi asosida oʻtdi va 2013/14-yilgi mavsumning dastlabki qismini Serbiya birinchi ligasida, shu jamoa tarkibida oʻtkazdi. Shuningdek, u Novi Saddan jamoasidan soʻng Proleter klubida ham bir yilni ijarada oʻtkazdi. Voyvodina jamoasidan keyin Spremo faoliyatini Sloveniyaning Selje shahrida davom ettirdi. 2016-yilgi mavsumda Serbiyaga qaytganidan soʻng, u Javor jamoasi tarkibida oʻynadi keyinchalik mavsumning qolgan qismini Voyvodina klubida oʻtkazdi. 2017-yilning avgustida u „Backa Palanka“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Mavsumning qolgan qismini oʻsha yerda oʻtkazdi. 2018-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Superligasining „Qoʻqon 1912“ klubiga yoʻl oldi. Qoʻqon jamoasida raqobat kuchli boʻlganligi sababli mavsumning ikkinchi qimsida OFK Bačka jamoasi bilan shartnoma imzoladi. 2019-yil iyul oyi oʻrtalarida u Krushevacdan „Napredek“ ga oʻtdi. Shartnomadagi majburiyat tugagach, 2021/22-yilgi mavsum yakunida u erkin agent sifatida klubni tark etdi. 2022-yil iyun oyida u Banya Luka Borc uchun futbolchiga aylandi.
Milliy terma jamoa
Spremo Serbiyaning bir necha yosh toifasidagi jamoalarida toʻp surgan. Murabbiy Velko Paunovich uni 2015-yil davomida yoshlar terma jamoasi oʻrtoqlik oʻyinlariga taklif qildi, ammo u U-20 yoshlar oʻrtasida Yangi Zelandiyadagi Jahon chempionatidaa ishtirok etadigan futbolchilar roʻyxatidan tashqarida qoldi.
Yutuqlar
Voyvodina
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org