Milan Radin




Milan Radin (talaffuzi: Milan Radin) (1991-yil 25-iyunda tugʻilgan) — serbiyalik professional futbolchi, Batumining „Dinamo“ jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati



Novi Sadda tugʻilgan Radin Mošorin shahrida oʻsgan va u yerda mahalliy Miletich klubida futbol oʻynashni boshlagan. Keyinchalik u Borac Šajkaš bilan oʻynagan oradan biroz vaqt oʻtib RFK Novi Sad jamosiga qabul qilingan. Radin klub bilan uch yillik shartnoma imzolagan, 2009/2010-yilgi mavsumda Jugovich Kach jamosiga ijaraga berilgan va ligada sakkizta gol urgan. Keyinchalik, Radin Smederevo jamosida sinovdan oʻtgan. Radnički Nova Pazova jamoasiga oʻtishdan oldin u eski klubida ikki mavsum oʻtkazgan. 2014-yil qishki transfer oynasida Radin Mladost Luchani bilan shartnoma imzolagan va ularga Serbiya futbolining yuqori ligasiga chiqishga yordam bergan. U 2015-yilning avgust oyida shartnomani uzaytirishdan bosh tortgani uchun klub tomonidan diskvalifikatsiya qilingan. Uning shartnomasi nihoyat 2015-yilning dekabrida bekor qilingan. 2016-yil boshida Radin Rossiyaning „Arsenal Tula“ klubida sinovdan oʻtgan, ammo kelishuvga erishilmagan. Koʻp oʻtmay u Vozdovac jamoasiga qoʻshilgan.

2016-yilning 4-iyunida Radin 29-raqamli libosni tanlab, „Partizan“ bilan uch yillik shartnoma imzolab. 2016-yil 29-oktyabrda Radin „Partizan“ safida debyutini oʻtkazgan, oʻng qanot himoyachisi sifatida safarda jamoasi bilan Radnik Surdulica ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozongan. U 12 oʻyinda maydonga tushgan va Partizandagi debyut mavsumida ikki bora gol urishga erishgan. Radin 2017/2018-yilgi mavsumda UEFA Yevropa Ligasi pley-off bosqichida ikkala oʻyinda ham toʻliq maydonda harakat qilgan va „Videoton“ni magʻlub etgan golni kiritib, klubga Yevropa Ligasi guruh bosqichiga chiqishga yordam bergan. 2017-yilning 28-sentyabr kuni guruh bosqichining ikkinchi oʻyinida „Dinamo Kiyev“ ga qarshi toʻliq maydonda harakat qilgan.

2018-yilning 27-fevralida Radin erkin agent sifatida Qozogʻiston Premyer-ligasining „Aktobe“ klubiga oʻtgani eʼlon qilingan. 2019-yil 25-yanvarda 2019-yilgi mavsum oxirigiacha shartnoma uzaytirilgan. Biroq, u 2019-yilning 26-iyunida Polshaning „Korona Kielce“ klubi bilan shartnoma imzolab Qozogʻiston jamoasinin tark etgan.

2021-yilning 23-yanvarida u Tbilisining „Dinamo“ klubi bilan bir yillik shartnoma imzolagan.

Faoliyat statistikasi



Klub




Yutuqlari



Mladost Lučani

Partizan

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz