Milan Mitrović
Milan Mitrović (inglizcha: Milan Mitrović; ruscha: Милан Митровић; 27-fevral, 1991-yil, Serbiya) – Serbiyalik futbolchi. Oʻzbekiston Superligasi vakili Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ klubi darvozaboni.
Futbolchilik faoliyati
Milan faoliyatini Serbiyaning mahalliy „FK Moravac Mrštane“ jamoasida boshlagan. 2015-yilgi mavsumda Shimoliy Makedoniyaning „FK Sileks“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. 2018-yilgi mavsumning yozgi transfer oynasi vaqtida Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Milan Jizzax klubi safida yaxshi oʻyinlar namoyish etdi va jamoa tarixidagi eng yaxshi darvozabonlardan biriga aylandi. 2021-yilgi mavsumda Jizzax jamoasi tarixida eng yaxshi natija, Oʻzbekiston Superligasida ikkinchi oʻrin olishida katta hissa qoʻshdi. 2022-yilgi mavsumda AFC Kubogida „Soʻgʻdiyona“ jamoasi tarkibida debyutini amalga oshirdi va yarim final bosqichiga qadar yetib borishida katta hissa qoʻshdi. Mitrović 2022-yilgi mavsumda Jizzax klubi bilan shartnomasini 2 yilga uzaytirdi.
Yutuqlar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org