Milan Mijatović




Milan Mijatović (1987-yil, 26-iyulda tugʻilgan) — chernogoriyalik professional futbolchi, Al-Adalah klubi va Chernogoriya terma jamoasi darvozaboni hisoblanadi.

Klubdagi faoliyati



U oʻzining professional faoliyatini Rudar Pljevlja klubida boshlagan, u yerda 2009-10-yilgi mavsumda Chernogoriya Birinchi ligasida oʻynagan. 2019-yil, 18-iyunda u Bolgariyaning Levski Sofia klubi bilan 1+1 yillik shartnoma imzoladi. U jamoaga darhol oʻzini doimiy birinchi darvozabon sifatida koʻrsatdi. U jamoa safida 13 ta o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi va ajoyib seyvlarni amalga oshirdi. 2020-yil, 28-iyun kuni u birinchi liga o‘yinida Beroe klubiga qarshi safarda 2:1 hisobida g‘alaba qozongan va bu „bluemen(koʻklar)“ safida so‘nggi o‘yini ekanligini avvaldan eʼlon qilingan edi, o‘yinda to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi. Oʻyindan soʻng Mijatović klubni tark etganidan afsusda ekanligini aytib, klubdagi moliyaviy noaniqlik tufayli unga shartnoma taklif qilinmaganini taʼkidladi. U MTK Budapest klubi bilan shartnoma imzolashi va oʻynashi haqida ham maʼlum qildi.

2022-yil, 30-iyunda Mijatović Saudiya Arabistonining Al-Adalah klubiga oʻtdi.

Xalqaro faoliyati



2015-yil, 12-oktyabrda Mijatović Chernogoriya terma jamoasi safida Rossiya terma jamoasiga qarshi oʻyinda debyut oʻyinini oʻtkazdi.

Faoliyat statistikasi



Klub



2020-yil, 27-sentabr holatiga ko'ra

Yutuqlari



Rudar Pljevlja

Chernogoriya

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz