Milan Jurich
Milan Đurić (talaffuzi: Milan Jurich; 1990-yil 22-mayda tugʻilgan) — bosniyalik professional futbolchi, A Seriyaning Hellas Verona klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati
Ilk faoliyati
2006-yilda Cesenaning yoshlar akademiyasiga qoʻshildi. 2007-yilning 30-oktyabrida 17 yoshida Mantovaga qarshi professional debyutini oʻtkazdi.
2010-yil iyul oyida Parmaga oʻtdi. Avgust oyida Ascoliga ijaraga berildi. 2011-yil yanvar oyida Crotonega olti oylik ijaraga yuborildi. Iyun oyida uning ijara muddati keyingi mavsumga uzaytirildi.
2012-yilning yozida Cesenaga qaytib keldi va Cremonesega ijaraga oʻtdi. 2013-yil iyul oyida Trapaniga mavsumiy ijaraga yuborildi. 2014-yilning yanvarida Cittadellaga ijaraga berildi.
2017-yil yanvarda Angliyaning Bristol City klubiga oʻtdi. 4-fevral kuni Bristol Citydagi birinchi golini Rotherham Unitedga qarshi oʻyinda kiritdi.
Salernitana
2018-yilning avgustida Đurić Salernitana bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi. Klubdagi rasmiy debyutini 25-avgust kuni Palermoga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. 2019-yilning 30-martida Salernitana safidagi ilk golini Venezia darvozasiga kiritdi.
Đurić faoliyatidagi ilk xet-trikini 13-aprel kuni amalga oshirdi.
2021-yil 12-sentyabrda Torinoga qarshi o‘yinda 100-o‘yinini o‘tkazdi.
Hellas Verona
2022-yil iyul oyida Đurić uch yillik shartnoma asosida Hellas Veronaga oʻtdi. 7-avgust kuni Italiya kubogi doirasida Bariga qarshi oʻyinda jamoa safida debyut qildi. Bir hafta oʻtgach, Napoliga qarshi ligadagi debyutini oʻtkazdi.
Xalqaro faoliyati
Đurić bosh murabbiy Vlado Jagodić qoʻl ostida Bosniya va Gersegovinaning 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi aʼzosi boʻlgan.
2015-yilning mart oyida Andorraga qarshi UEFA Yevro-2016 saralash oʻyini va Avstriyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyini uchun birinchi marta chaqiruv oldi.
10-oktyabr kuni Yevro-2016 saralashida Uelsga qarshi o‘yinda Đurić terma jamoadagi birinchi golini urdi. Uch kundan soʻng Kipr darvozasiga gol urdi va bu oʻz jamoasining gʻalabasini taʼminladi.
2022-yil 25-mayda terma jamoadagi faoliyatini yakunladi.
Shaxsiy hayoti
Đurićning otasi Goran ham professional futbolchi boʻlgan.
2016-yil iyul oyida sevgilisi Byankaga uylandi. Ularning ikki farzandi bor: Alice ismli qizi va Cristian ismli oʻgʻli.
Faoliyat statistikasi
Klub
13-noyabr, 2022-yil[26]
Xalqaro
11-oktyabr, 2020-yil[27]
Yutuqlari
Cesena Manbalar
uz.wikipedia.org