Milan Baros
Milan Baros (chex. Milan Baroš)—chexiyalik futbolchi, hujumchi sifatida oʻynagan.1981-yil 28-oktyabrda Chexoslovakiyaning Valashske-Mezirjichi shahrida tavallud topgan.U Chexiya terma jamoasida oʻynagan va bu jamoa tarixidagi ikkinchi toʻpurar hisoblanadi.
Faoliyati
Klub miqyosida
"Liverpul","Aston Villa" va Lionning „Olimpik“ klublarida oʻynagan.2008-yilning yanvarida u „Portsmut“ga ijaraga oʻtdi.U 2005-yilda „Liverpul“ bilan UEFA Chempionlar ligasida gʻolib chiqqan.2008-yilning 26-avgustida Baros Istanbulning „Galatasaroy“ klubi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi.2013-yilning fevralida Baros oʻz vatani „Banik“ga erkin agent sifatida qaytdi.Oʻsha yilning iyul oyida Turkiyaning „Antalyaspor“ jamoasiga koʻchib oʻtdi.Baros bu yerda 13 oʻyin oʻtkazib, ikkita gol urdi.2014-yilning yanvarida Milan erkin agent sifatida klubni tark etdi.9 oylik tanaffusdan keyin yana „Banik“ga qaytdi.
2015-yilning yozida u „Mlada Boleslav“ga oʻtib, klub bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.Bir yil oʻtgach u „Slovan“(Liberets) koʻchib oʻtdi va u yerda 2016/2017-yilgi mavsumda oʻynadi.2017-yilning yozida u oʻzining „Banik“ (Ostrava) klubiga qaytdi.
2020-yil 3-iyulda u professional faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi.Bu haqda „Banik“ rasmiy sayti xabar berdi.
Terma jamoada
U 19 yoshida milliy terma jamoadagi debyutini 2001-yilning 25-aprelida Belgiya terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazgan.Birinchi oʻyindayoq toʻp kiritgan. 2001—2012-yillarda Chexiya terma jamoasi tarkibida 93 ta oʻyin oʻtkazib,41 ta gol urgan (shu jumladan 2009-yil 9-sentyabrda San-Marino terma jamoasiga qarshi oʻyinda 1 ta poker qayd etdi).Bundan tashqari 5 ta dubl qayd etgan.2004-yilgi Yevropa chempionati bronza medali sovrindori va eng yaxshi toʻpurari.Yoshlar terma jamoasi bilan-2002-yilda Yevropa chempioni.
Yutuqlari
Klub miqyosida
"Liverpul" "Olimpiya Lion" "Portsmut" "Galatasaroy" "Mlada Boleslav" Chexiya terma jamoasi Shaxsiy
Manbalar
uz.wikipedia.org