Milan




"Milan" futbol klubi (italyancha: Associazione Calcio Milan) — Italiya professional futbol klubi. „Milan“ dunyoning eng muvaffaqiyatli jamoalaridan biri: xalqaro kuboklar soni boʻyicha 1-oʻrinda (18ta); UEFA Chempionlar Ligasining (Yevropa Chempionlar Kubogi) 7 karra sohibi (2-oʻrin), demak ushbu kubokni oʻzida abadiy saqlash huquqiga ega (hammasi boʻlib bunday sharafga Yevropaning 5 jamoasi — Real Madrid C.F., AFC Ajax, Bayern Munich, Liverpool — sazovor). UEFA superkubogida eng koʻp marta (5) gʻalaba qozongan.

Dunyoning eng qimmat klublari qatoriga kiradi, Forbes jurnalining 2011-yil aprel oyidagi baholariga koʻra klub qiymati — $838 million.

2010 yilning 25-iyunida Leonardo isteʼfoga chiqqach, Massimiliano Allegri „Milan“ bosh murabbiyi etib tayinlangan. Klub vitse-prezidenti — Adriano Galliani.

Milan futbol klubi Juventus bilan birgalikda Italiya futbol jamoalari orasida LGBTni rasman qoʻllab-quvatlagan jamoalar hisoblanadi.

Tarix



1899-1946




„Milan“ futbol klubiga (Milan Cricket and Foot-Ball Club) 1899 yilda Britaniyaliklar Alfred Edvards (klubning birinchi prezidenti) va Gerbert Kilpin (klubning birinchi sardori) tomonidan asos solingan. Qora-qizil rangli libos gʻoyasi aynan Kilpinga tegishli. Unga koʻra qizil rang shaytonni, qora rang esa (jamoa raqiblariga) havfni anglatadi.

„Milan“ futbol klubi 1981 yilda yangitdan qayta tashkil qilingan boʻlib bu jamoaning B seriyadan qaytgan yiliga toʻgʻri keladi. Muhlislar orasida jamoa tashkil etilgan yil boʻyicha turli baxslar boʻlishiga qaramasdan jamoa logosi oʻzgarishsiz qoldirilgan.

„Milan“ oʻzining birinchi norasmiy oʻyinini 1900 yilning 11-martida „Mediolanum“ jamoasiga qarshi oʻtkazib 3:0 hisobida gʻalaba qozongan. Jamoa tarkibi: Xuud, Kanyani, Toretto, Lis, Kilpin, Valerio, Dubini, Devis, Nevill, Ellison, Formenti. Bu gʻalabadan ruhlangan jamoa vakillari Italiya Futbol Federatsiyasiga kirishga, yaʼni mamlakat chempionatida qatnashishga qaror qilishadi.

Birinchi rasmiy oʻyinda „Milan“ yirik hisobda „Torinoze“ga (0:3) magʻlub boʻlgan. Shunga qaramay 1901 yiliyoq „Milan“ oʻzining birinchi chempionlik unvoniga erishadi (final bahsida Djenoa magʻlub etilgan — 3:0). 1906 va 1907 yillarda klub 2-chi va 3-chi marotaba chempionlikni nishonlaydi. 1908 yil, mahalliy va legioner futbolchilar oʻrtasida futbol qoidalarini tafsil qilishdagi kelishmovchilar yuzasida, „Milan“ chet ellik futbolchilaridan voz kechadi. Bu hodisa Milan shahrida yana bir klub — Inter futbol klubining paydo boʻlishiga olib keladi.

1919 yili klub oʻz nomini Milan Football Clubga oʻzgartiradi.
1920-chi, 1930-chi yillar davomida Italiya futbolida Torino gegemonlik qilgan. Bu paytlarda „Milan“ Italiyaning old jamoalaridan hisoblanmagan. 1939 yilda klub hozirgi kundagi Associazione Calcio Milan nomini olgan.

1950-chi yillar



1960-chi yillar



1970-chi yillar — 1986



1987-1996



1997-2000



2001-2009



2010- …



Prezidentlari roʻyxati



Murabbiylari roʻyxati



Tarkibi



2011/2012 mavsum tarkibi



Maʼlumotlar 2012 yil 19-yanvarga tegishli

Transferlar



Buyuk futbolchilari



Gʻalabalari




1901, 1906, 1907, 1950/51, 1954/55, 1956/57, 1958/59, 1961/62, 1967/68, 1978/79, 1987/88, 1991/92, 1992/93, 1993/94, 1995/96, 1998/99, 2003/2004, 2010/2011

1966/67, 1971/72, 1972/73, 1976/77, 2002/03

1988, 1992, 1993, 1994, 2004, 2011

1962/63, 1968/69, 1988/89, 1989/90, 1993/94, 2002/2003, 2006/2007

1967-68, 1972-73

1989, 1990, 1994, 2003, 2007

1969, 1989, 1990

2007

Izohlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz