Mila Kunis filmografiyasi




Milena Markovna „Mila“ Kunis (ukraincha: Мілена Марківна Куніс; ruscha: Милена Марковна Кунис; 1983-yil 14-avgustda tugʻilgan) amerikalik aktrisadir. Birinchi marta 14 yoshida Fox telekanalining That '70s Show (1998—2006) serialida rol oʻynagan. Kunis shuningdek Family Guy animatsion teleserialida Meg Griffin personajiga ovoz bergan.

Kunis Forgetting Sarah Marshall (2008), Black Swan (2010), Max Payne (2008), The Book of Eli (2010), Friends with Benefits (2011), Oz the Great and Powerful (2013), Ted (2012), Bad Moms (2016) va A Bad Moms Christmas (2017) kabi filmlarda rollar ijro etgani bilan tanilgan.

Hayoti



Milena Markovna Kunis 1983-yil 14-avgustda Ukrainaning Chernovsi shahrida yahudiy oilasida tugʻilgan. Onasi Elvira — sobiq fizika oʻqituvchisi, hozir dorixona mudiri; otasi Mark Borisovich — Chernovsidagi „Legmash“ zavodining sobiq injener-mexanigi, hozirda taksi haydovchisi boʻlib ishlaydi. Milaning Maykl ismli akasi bor. Aktrisaning ona tili rus tilidir. 2011-yilda bergan intervyusida u ota-onasi „ajoyib ishga“ egaligi, u „juda omadli“ boʻlganligi va oilasi „kambagʻal emas“ligini aytdi.

1991-yilda, Mila sakkiz yoshda ekanligida, u va uning oilasi AQShning Los-Anjeles shahriga koʻchib oʻtgan.

Shaxsiy hayoti



2012-yil aprel oyida Mila Ashton Kutcher bilan munosabatlarni boshladi. Kunis Kutcher bilan birinchi bor That '70s Show serialida uchrashgan. 2014-yil fevral oyida juftlik unashtirilganliklarini eʼlon qilishdi.

Filmografiyasi



Filmlar




Teleseriallar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz