Miku Makita
Miku Makita (2003-yil 16-iyunda tugʻilgan) — Kanada vakili sifatida muz ustida raqs musobaqalarida qatnashuvchi muz raqqosasi. Konkida uchish boʻyicha sherigi Tyler Gunara bilan birga 2021-yil Fransiyada boʻlib oʻtgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasining kumush va 2022-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Kanada chempionatining bronza medali sovrindori boʻlgan. Makita / Gunara juftligi 2020-yilgi O‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida kuchli sakkizlikka kirgan va 2020-yilgi O‘smirlar oʻrtasidagi qishki Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan.
Shaxsiy hayoti
Makita 2003-yil 16-iyunda Britaniya Kolumbiyasining New Westminster shahrida tugʻilgan. Uning Riku ismli akasi bor.
Faoliyati
Miku Makita 2016-yilning mart oyida Tyler Gunara bilan ufttlik hosil qilgan. Ularga Britaniya Kolumbiyasining Burnabi shahrida Megan Wing va Aaron Lowe murabbiylik qilgan. 2016 — 2017-yilgi mavsumda Makita / Gunara juftligi yangi konkida uchuvchilar toifasida boʻlib oʻtgan Skate Canada Challenge musobaqasida rekord natija bilan gʻolib chiqqan. Juftlik „2017 Skate Canada BC/YK Section Awards“ taqdirlash marosimida „Ice Dance Youth Promise Award“ mukofoti bilan taqdirlangan.
2017 — 2018-yilgi mavsum
Makita / Gunara juftligiSkate Canada Challenge musobaqasida ishtirok etib, yana oltin medalni qoʻlga kiritgan. Juftlik 2018-yilgi Kanada chempionatida bir nechta xatoga yoʻl qoʻyib, Bashynska / Beaumont juftligi ortidan kumush medal sohibiga aylangan. Ularning natijasi ularga birinchi xalqaro topshiriq, 2018-yilgi Egna Dance Trophy turnirida ishtirok etgan Makita / Gunara juftligi rossiyalik Lukinskaya / Angelopol va Bashinska/Beaumont juftligini ortda qoldirib, oʻzining birinchi xalqaro bronza medalini qoʻlga kiritgan.
2018 — 2019-yilgi mavsum
Makita / Gunara juftligi xalqaro miqyosda o‘smirlar darajasiga ko‘tarilgan va 2018-yilgi Lake Placid Ice Dance International musobaqasida kumush medalni qo‘lga kiritib, oʻzlarining mavsumini boshlagan. Ular 2018-yili Kanadada boʻlib oʻtgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasida sakkizinchi oʻrinni egallagan. Makita / Gunara juftligi Skate Canada Challenge turnirifa ham sakkizinchi oʻrindan joy olgan. Ular mavsumni 2019-yilgi Kanada chempionatida ishtirok etib, toʻqqizinchi oʻrinni olgan holda yakunlaganlar.
Dasturlari
Gunara bilan
Natijalari
GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri
Gunara bilan
Manbalar
uz.wikipedia.org