Mikrokator




Mikrokator — detallarning chiziqli oʻlchamlarini oʻlchash uchun ishlatiladigan asbob. Ishi tegishish (kontakt) usuliga asoslangan. Choʻzilganda maʼlum burchakka buriladigan lentasimon prujinadan iborat oʻzgaruvchan elementi (mexanizmi) bor. Oʻlchanadigan uzunlikni prujinaning oʻrtasiga mahkamlangan shkala mili koʻrsatadi. M. mexanizmi ixcham prujinali oʻlchash kallaklari — mikatorlarda, prujinarichagli indikatorlar—minikatorlarda, prujina-optik oʻlchash kallaklari — optikatorlarda qoʻllaniladi. M.ning oʻlchash aniqligi + 0,5%.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz