Mikroevolyusiya




Mikroevolyusiya (mikro... va evolyusiya) — tur populyasiyalarida sodir boʻladigan va ular genofondining oʻzgarishiga, pirovard natijada yangi turlarning paydo boʻlishiga olib keladigan evolyusion jarayonlar majmui. M. terminini fanga rus olimi N. V. Timofeyev—Resovskiy (1938) kiritgan. M. tabiiy tanlanish nazoratida boʻladigan mutatsion oʻzgaruvchanlik asosida kelib chiqadi. M. ham boshqa evolyusion jarayonlar singari irsiy oʻzgaruvchanlik va tabiiy tanlanish orqali amalga oshadi. M. jarayonlarning kechish xususiyatiga alo-hidalanish, hayot toʻlqinlari, mutatsiyalar, tabiiy tanlanish katta taʼsir koʻrsatadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz