Mikozlar




Mikozlar (yun. mykes — zamburugʻ) — odam va hayvonlarda parazit zamburugʻlar qoʻzgʻatadigan kasalliklar. M.da patogen zamburugʻlar sporasi yoki mi-seliyttg bir qismi qulay sharoitda toʻqimaga tushib, uning ichiga kirib koʻpayadi. Kasallikning yashirin davri bir necha kundan bir necha oygacha boʻlishi mumkin. Koʻpincha, teri, soch tolalari, tirnoq shikastlanadi — dermatomikozlar (trixofitiya, mikrosporiya, epidermofitiya va boshqalar); oʻpka jarohatlanganda — kandidoz, blastomikoz, mogʻorli mikozlar; shilliq qavatlar shikastlanganda — kandidoz, rinosporidoz; limfoidmakrofagal tizim, ichki aʼzolar jarohatlanganda — gistoplazmoz, limfa bezlarida va terida — sporotrixoz kasalliklari kelib chiqadi.

M.ning paydo boʻlishida unga moyillik muhim ahamiyatga ega. Masalan, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar, asosan, dermatofitiya bilan; 3—5 yashar bolalar esa koʻpincha kandidoz bilan ogʻriydi. M.ning rivojlanishiga gipo-va avitaminoz, disbakterioz, kup terlash, xavfli oʻsma, qon kasalliklari, OITS, oʻtkir va surunkali kasalliklar, antibiotiklardan notoʻgʻri foydalanish, shaxsiy gigiyena kridalariga amal qilmaslik va boshqa omillar sabab boʻladi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz