Mikio Sato




Mikio Sato (yaponcha: 佐藤 幹夫) (1928-yil 18-aprelda tugʻilgan) — yaponiyalik matematik. Sato algebraik tahlil sohasidagi ishlari bilan tanilgan. 2003-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.

Sato Tokio universitetida tahsil olgan, soʻngra Shin'ichiro Tomonaga talabasi sifatida fizika boʻyicha aspiranturada oʻqigan. Olim 1963-yili Tokio universitetida Shokichi Iyanaga rahbarligi ostida Ph D darajasini olgan. 1970-yildan beri u Kioto universitetining matematika fanlar ilmiy-tadqiqot institutida professor boʻlib ishlaydi.

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz