Miki Ando




Miki Ando (yaponcha:安藤 美姫; 1987-yil 18-dekabrda tugʻilgan) — yakka holda konkida uchish musobaqalarida qatnashgan yaponiyalik sobiq figurali uchuvchi. 2007 va 2011-yilgi jahon chempioni, 2011-yilgi Toʻrt qitʼa chempioni, 2004-yil oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempioni va uch karra (2003, 2004 va 2010) Yaponiyaning milliy chempioni boʻlgan.

Ando musobaqada toʻrtta hatlab sakrashelementini muvaffaqiyatli yakunlagan birinchi ayol konkida uchuvchisidir. U buni 2002 — 2003-yilgi mavsumda Niderlandiyaning Gaaga shahrida bo‘lib o‘tgan o‘smirlar o‘rtasidagi Gran-pri finalida amalga oshirgan

Shaxsiy hayoti



Ando 1987-yil 18-dekabrda Aichi prefekturasining Nagoya shahrida tugʻilgan. Uning otasi Ando sakkiz yoshida yoʻl-transport hodisasi tufayli vafot etgan. 2006-yilda Ando Toyota jamoasiga qoʻshilgan va Chukyo universitetiga oʻqishga kirgan va uni 2011-yil mart oyida tugatgan. Ando ingliz tilini AQSHdagi mashgʻulot vaqtida oʻrgangan. 2013-yil yanvar oyida Toyota Motor kompaniyasini tark etgan.

Ando 2013-yil aprel oyida Himavari ismli qizini dunyoga keltirdi. Himavari yaponcha „kungaboqar“ degan maʼnoni anglatadi.

Faoliyati



Ilk faoliyati



Ando konkida uchishni 1996-yilda sakkiz yoshida boshlagan. Uning birinchi murabbiyi Rina Xori edi. 2000 — 2001-yilgi mavsumdan boshlab unga Nobuo Sato murabbiylik qilgan.

Kichik xalqaro debyutini qilgan Ando 2001 — 2002-yilgi Xalqaro konkida uchish ittifoqi tomonidan oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri (JGP) musobaqa dasturining ikkalasida ham gʻolib chiqqan va JGP finaliga yoʻllanma olgan va u yerda ham oltin medalni qoʻlga kiritgan. Milliy miqyosda Yaponiya oʻsmirlar chempioni va katta bronza medali sohibiga aylangan. Ando oʻz mavsumini 2002-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritish bilan yakunlagan.

Ando 2002 — 2003-yilgi JGP musobaqasining ikkala bosqichida ham gʻolib chiqqan. Oʻsha mavsumda Ando oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan.

Ando 2003 — 2004-yillarda oʻzining barcha oʻsmirlar oʻrtasidagi musobaqalarida, jumladan, oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalida, ketma-ket uchta milliy oʻsmirlar chempionligida va oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida gʻolib chiqqan. Shuningdek, u Yaponiya chempionatida (kattalar) ham gʻolib chiqib, oʻzining birinchi kattalar oʻrtasidagi Jahon chempionatida 4-oʻrinni egallagan.

Dasturlari




Natijalari



GP: Gran-pri; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz