Mikel Villanueva




Mikel Villanueva Álvarez (talaffuzi: Mikel Villanueva Alvares; 1993-yil 14-aprelda San-Kristobal shahrida tugʻilgan) — venesuelalik futbolchi, „Vitória“ futbol klubi va Venesuela terma jamoasi himoyachisi.

Klublardagi faoliyati



Villanueva Deportivo „Táchira“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2012-yilda u jamoaning asosiy tarkibiga kiritilgan. 2014-yil mart oyi boshida „Estudiantes de Mérida“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Venesuela premyer ligasida debyut qilgan. Keyingi mavsumda Mikel jamoa bilan Venesuela kubogi finaliga chiqqan, ammo yuqori raqobat tufayli u jamoaning asosiy tarkibidan joy topa olmagan. 2014-yilning yozida Villanueva oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun „Deportivo Lara“ futbol klubiga oʻtgan. 23-noyabr kuni oʻzining sobiq jamoasi „Deportivo Táchira“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoasida debyut qilgan. 2015-yil 25-yanvarda „Carabobo“ futbol klubiga qarshi bahsda Mikel „Deportivo Lara“ futbol klubi safida birinchi golini urgan. 22-fevral kuni „Metropolitanos“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u „dubl“ amalga oshirgan.

Xalqaro faoliyati



2016-yil 3-fevralda Villanueva Venesuela terma jamoasi safida Kosta-Rikaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qilgan. 25-mart kuni JCh-2018 saralashida Peruga qarshi oʻyinda u terma jamoadagi ilk golini urgan.

2015-yilda Villanueva AQShda boʻlib oʻtadigan Amerika kubogi uchun tarkibga kiritilgan edi. Turnirda u zahirada qolgan va hech bir oʻyinda maydonga tushmagan.

2019-yilda Villanueva Braziliyada ikkinchi marta Amerika Kubogida ishtirok etgan. Turnirda u Peru va Braziliya terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan.

2021-yilda Villanueva uchinchi marta Amerika kubogida ishtirok etgan. Turnirda u Peru terma jamoasiga qarshi oʻyinda maydonga tushgan.

Statistika




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz