Mike Yeo
Mike Yeo (talaffuzi: Maykl Yeo) (1973-yil 31-iyulda tugʻilgan) — kanadalik sobiq professional xokkeychi va murabbiy. Mike Yeo hozirda "Vancouver Canucks" jamoasida yordamchi murabbiy boʻlib ishlamoqda. Mike Yeo Milliy xokkey ligasining (NHL) „Minnesota Wild“ va „St. Louis Blues“ xokkey jamoalarining sobiq bosh murabbiyi edi. Mike Yeo, shuningdek, „Philadelphia Flyers“ va „Pittsburgh Penguins“ klublarida yordamchi murabbiy va Amerika xokkey ligasining „Houston Aeros“ klubi bosh murabbiyi boʻlib ishlagan.
Faoliyati
Mike Yeo „Houston Aeros“ xokkey klubi bilan Xalqaro xokkey ligasida (IHL) besh mavsumni oʻtkazdi. 1998—1999-yillarda Mike Yeo jamoaga Turner kubogi chempionatida sardorlik qildi.
2010 yil 16-iyunda Mike Yeo Amerika xokkey ligasining (AHL) „Houston Aeros“ xokkey klubi safiga bosh murabbiy sifatida qoʻshildi. Mike Yeo ishga olinishidan oldingi mavsumda „Houston Aeros“ klubi Gʻarbiy divizionda past natijalar bilan oxirgi oʻrinda borayotgan edi. Biroq, Mike Yeo kelganidan soʻng, u klub safiga Robbie Earl, Patrick O'Sullivan va Jed Ortmeyer kabi bir nechta hujumkor oʻyinchilarni qoʻshdi. Yeo qoʻl ostida, qayta tiklangan roʻyxat sezilarli darajada yaxshilandi. Mike Yeo klub bilan birga birinchi yilida AHL Calder kubogi finaliga chiqdi.
2016-yil 13-iyunda Mike Yeo „St. Louis Blues“ xokkey klubi murabbiyi sifatida ish boshladi. Mike Yeo 2016—2017-yilgi mavsumda yordamchi murabbiy boʻlib ishlagan va 2017—2018-yilgi mavsumda bosh murabbiy lavozimini egallashi kerak edi.
2018-yil 19-noyabrda Mike Yeo „St. Louis Blues“ xokkey klubini tark etdi.
2019-yil 6-may kuni "Philadelphia Flyers" klubi Yeo Alain Vigneault qo‘l ostida yordamchi murabbiy lavozimini egallashini eʼlon qildi. 2021-yil 6-dekabrda Vigneault ishdan bo‘shatilgach, Mike Yeo „Flyers“ klubining vaqtinchalik bosh murabbiyi etib tayinlandi. Keyin Mike Yeo „Philadelphia Flyers“ klubi tomonidan 2022-yilning 3-mayida, 2021—2022-yilgi mavsum yakunlanganidan so‘ng, ishdan bo‘shatildi.
2022-yil 1-iyulda Yeo Bruce Boudreau qo‘l ostida „Vancouver Canucks“ xokkey jamoasiga yordamchi murabbiy sifatida ishga qabul qilindi.
Shaxsiy hayoti
Yeo va uning rafiqasi Tanyaning Braeden ismli qizi va Kyler ismli o‘g‘li bor. Mike Yeo Widdifield oʻrta maktabida oʻqigan.
Oʻyinchining faoliyat statistikasi
NHL murabbiylik natijalari
Manbalar
uz.wikipedia.org