Mike Tyson
Michael Gerard Tyson (talaffuzi: Mayk Jerald Tayson; 1966-yil 30-iyunda tugʻilgan) — amerikalik professional bokschi, ogʻir vaznda mutlaq jahon chempioni (1987—1992). 1985-yildan professional boksga oʻtdi, WBC (Xalqaro boks komiteti) tasnifi boʻyicha ogʻir vaznlilar orasida eng yosh jahon chempioni boʻldi (1986). Tyson har bir uchrashuvni muddatidan oddin — nokaut bilan yakunlagani tufayli „
Iron Mike “ („Temir Mike“) taxallusini oldi. Qonunni buzganligi uchun ozodlikdan mahrum etilganligi (1992, 1999), uning boks faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatdi. Tyson 2002-yilda jahon chempionligi uchun boʻlgan uchrashuvda Lennox Lewisga yutqazdi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org