Mikalay Kamyanchuk




Mikalay Kamyanchuk (belaruscha: Мікалай Камянчук; 1987-yil 9-avgustda tugʻilgan) — juftlikda konkida uchish musobaqalarida qatnashuvchi belarusiyalik figurali uchuvchi. U toʻrt marta Yvropa chempionatida sheriklari Lyubov Bakirova va Tatyana Danilova bilan birga kuchli oʻntalikka kirgan.

Faoliyati



Ilk faoliyati




Kamyanchuk 1992-yilda konkida uchishni oʻrgana boshlagan. U 16 yoshida yakka holda konkida ushishdan juftlikda konkida uchishga oʻtgan.

Kamyanchuk 2009-yilda rossiyalik Lyubov Bakirova bilan birga juftlik hosil qilgan va musobaqalada qatnasha boshlagan. Olti marta Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) chempionatida qatnashgan juftlik, 2011-yilda Bernda boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida va 2012-yil Sheffildda oʻtkazilgan Yevropa chempionati musobaqalarida ishtirok etib, eng yaxshi natijaga erishgan va 10-oʻrinni qoʻlga kiritgan. Juftlik 2011 — 2012-yilgi mavsum oxirigacha birga musobaqalarda chiqish qildilar.

Danilova bilan



Mikalay Kamyanchuk 2014 — 2015-yilgi mavsumda Danilova bilan Belorussiya terma jamoasi vakili sifatida kurasha boshlagan. Juftlik 2014-yil dekabr oyida CS Golden Spin of Zagreb musobaqasida oʻz debyutini amalga oshirgan holda 6-o‘rindan joy olgan. Juftlik 2015-yil yanvar oyida Toruń Cup turnirida kumush medalni qoʻlga kiritgan. Ular Belarusiya chempionatida Mariya Palyakova / Nikita Bochkovdan keyin ikkinchi oʻrinni egallagan.

Danilova / Kamyanchuk juftligi 2016-yilda Bratislavada boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida 10-oʻrindan joy olgan va 2016-yilda Dmitriy Kaplun boshchiligidagi Bostonda boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida 20-oʻrinni egallagan.

Bu juftlik 2017-yilda Ostravada boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida 10-oʻrindan joy olgan. Ular Xelsinkida boʻlib oʻtgan 2017-yilgi Jahon chempionatida 23-oʻrinni egallagan.

Dasturlari



Danilova bilan




Natijalari



GP: Gran-pri; CS: Challenger seriyasi; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Danilova bilan




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz