Mika Vayrinen
Mika Väyrynen (talaffuzi: Mika Vayrinen; 1981-yil 28-dekabrda tugʻilgan) — sobiq futbolchi. Finlandiya terma jamoasini himoya qilgan.
Klublardagi faoliyati
Ilk faoliyati
Väyrynen oʻz faoliyatini Lahti klubida boshlagan va 2001-yilgi mavsumda Jokerit klubiga qoʻshilgan.
Heerenveen
Oʻsha yilning oʻrtalarida SC Heerenveen Väyrynen sotib oldi. Avvaliga jarohatlari tufayli koʻp oʻyinlarda maydonga tushfa olmadi.
2003—2004-yillarda yarim himoyadagi asosiy oʻyinchiga aylandi va Erediviziyaning 100 oʻyinida 17 ta gol urdi.
PSV
2005-yilning yozida Väyrynen PSVga qoʻshildi. Väyrynen 2005—2006-yilgi mavsum boshida toʻpigʻidan olib, jamoa safidan chiqdi. 2005-yil 17-dekabrda Villem IIga qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushdi va shu zahotiyoq PSV safidagi ilk golini urdi.
Heerenveen
2008-yil 31-avgustda, transfer oynasi yopilishiga ikki kun qolganda, Väyrynen sobiq klubi Heerenveen bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. 2009-yil yanvar oyida Ajaxga qarshi oʻyinda tizzasidan jarohat olib, mavsum oxirigacha maydonga tusha olmadi. Heerenveendagi soʻnggi mavsumida klub safida 30 oʻyinda 9 ta gol urdi.
Leeds United
Erkin agent boʻlgan Väyrynen 2011-yil 13-sentyabrda Angliya chempionatining Leeds United jamoasi bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
Väyrynen 20-sentyabr kuni „Leeds“ safida Manchester Unitedga qarshi oʻyinda 52-daqiqada ilk bor maydonga tushdi.
HJK Helsinki
„Leeds“ni tark etganidan keyin Väyrynen jismoniy holatini saqlab qolish uchun HJK Helsinki bilan shugʻullangan. 10-iyul kuni HJK Väyrynen klub bilan uch oylik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. UEFA Chempionlar Ligasi saralashida KR Reykjavikka qarshi oʻyinda (7:0) penaltidan gol urdi. Ligada jami 12 oʻyin oʻtkazib, uchta gol urdi. Klubi esa ketma-ket toʻrtinchi mavsumda liga chempioni boʻldi.
LA Galaxy
2015-yil fevral oyida Väyrynen LA Galaxy Major League Soccer bilan sinovdan oʻtdi va klub bilan 2015-yil 6-martda shartnoma imzoladi. 2015-yilning 15-martida Portlend Timbersga qarshi o‘yinda 62-daqiqada zaxiradan maydonga tushib debyut qildi, oʻyin 2:2 hisobida durang bilan yakunlandi.
Xalqaro faoliyati
Väyrynen Finlandiya terma jamoasining asosiy oʻyinchisi boʻlgan. 2002-yilning 20-martida Janubiy Koreyaga qarshi oʻyinda debyut qilgan. 2001-yilgi FIFA yoshlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Finlandiya terma jamoasi sharafini himoya qilgan.
Faoliyat statistikasi
Klub
Xalqaro
7-mart, 2015-yil[8]
Xalqaro gollar
Yutuqlari
PSV
ScHeerenveen
HJK
Manbalar
uz.wikipedia.org