Miguel Zepeda
Miguel Anxel Zepeda Espinoza (1976-yil 25-mayda tugʻilgan) — meksikalik sobiq professional futbolchi, yarim himoyachi sifatida oʻynagan.
Faoliyati
Zepeda professional debyutini 1996-yil 13-noyabrda Chivasga qarshi oʻyinda (2:2) oʻtkazgan. U faoliyatining katta qismini 1996-yildan 2001-yilgacha Atlas bilan oʻtkazgan. Invierno 2001da u Cruz Azulga oʻtgan. Cruz Azul Zepeda bilan 4 ta turnir oʻtkazgan. 2003-yilda Aperturada Zepeda Monarkas Moreliya jamoasiga oʻtgan va u yerda muvaffaqiyat qozona olmagan. 2004-yilda Klausurada Zepeda Toluca jamoasiga oʻtgan. Zepeda Cruz Azul bilan yana ikki mavsumga shartnoma imzolagan (Apertura 2004), (Clausura 2005). Keyinchalik u Santos Lagunaga oʻtgan, ammo u yerda unchalik muvaffaqiyat qozona olmagan. Zepeda 2006-yilgi KONKAKAF kubogida Cruz Azul jamoasi tarkibida harakat qilgan. Mavsum oxirida Zepeda Sent Luis jamoasi bilan shrtnoma imzolagan. Jamoada ishlari yurishmagach Atlas jamoasi tarkibiga qaytgan. Zepedani muhlislar Atlasdagi o'yinlari bilan yaxshi eslashadi.
Xalqaro faoliyat
Zepeda Meksika terma jamoasida oʻynagan. Uning debyuti 1999-yilning fevral oyida Argentina terma jamoasiga qarshi oʻyinda boʻlgan. U 1999-yilgi Konfederatsiyalar kubogini qoʻlga kiritgan jamoaning asosiy oʻyinchilaridan biri boʻlgan, u finalda Braziliya terma jamoasiga qarshi oʻyinda ikkita gol urgan va shu tariqa butun turnirda 2 ta gol kiritgan. Zepeda Meksika terma jamoasi bilan 2003-yilda Oltin kubokni qoʻlga kiritgan.
Yutuqlar
Meksika Maʼnbalar
uz.wikipedia.org