Miguel Samudio
Miguel Ángel Ramón Samudio (talaffuzi: Migel Anxel Ramon Zamudio; 1986-yil 24-avgustda Kapiata shahrida tugʻilgan) — paragvaylik futbolchi, „Sportivo Luqueno“ futbol klubi himoyachisi. U Paragvay terma jamoasida oʻynagan.
Klublardagi faoliyati
Samudio „Libertad“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Futbol akademiyasini tugatgandan soʻng oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun u „Sol de América“ futbol klubiga ijaraga berilgan. 2007-yil 19-avgustda „Nacional“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Paragvay premyer ligasida debyut qilgan. 2008-yilda „Libertad“ futbol klubiga qaytganidan soʻng, Miguel Ángel rotatsiya oʻyinchisi boʻlishiga qaramay, ikki marta Paragvay chempioni boʻlgan. Keyingi mavsumda u asosiy tarkibdan joy olgan.
2010-yilda Zamudio uchinchi marta chempion boʻlgan va bir yildan soʻng klubga CONCACAF Chempionlar ligasida gʻolib chiqishga yordam bergan. 2012-yilda Miguel Ángel toʻrt karra Paragvay chempioniga aylangan. 2014-yilda u ijara asosida braziliyaning „Cruzeiro Esporte“ futbol klubiga oʻtgan. 27-aprel kuni Miguel Ángel Braziliya A seriyasida „São Paulo“ futbol klubiga qarshi oʻyinda debyut qilgan. Oʻsha yili u Braziliya chempioni boʻlgan.
2015-yil boshida Zamudio meksikaning „América“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. Transfer summasi 1,5 million dollarni tashkil qilgan. 11-yanvar kuni León futbol klubiga qarshi oʻyinda u Meksika premyer ligasida debyut qilgan. 15-fevral kuni „Chiapas“ futbol klubiga qarshi bahsda Zamudio América futbol klubi uchun birinchi golini urgan. Oʻsha yili Miguel Ángel „América“ futbol klubiga tarixda birinchi marta CONCACAF Chempionlar Ligasida gʻolib chiqishga yordam bergan. 2016-yilda u ketma-ket ikkinchi marta CONCACAF Chempionlar ligasida gʻolib chiqqan.
Xalqaro faoliyati
2009-yilning 28-martida 2010-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida Urugvayga qarshi oʻyinda Zamudio Paragvay terma jamoasi safida debyut qilgan. 2013-yilning 14-avgustida Germaniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida terma jamoa safida ilk golini urgan.
2015-yilda Zamudio Chilida boʻlib oʻtadigan Amerika kubogi uchun tarkibga kiritilgandi. Turnirda u Peru, Yamayka va Argentina bilan oʻyinlarda maydonga tushgan.
2016-yilda Miguel Ángel AQShda ikkinchi marta Amerika kubogida ishtirok etgan. Turnirda u Kosta-Rika, AQSh va Kolumbiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan.
Jamoalari
Manbalar
uz.wikipedia.org