Miguel Merentiel
Miguel Ángel Merentiel Serrano (1996-yil 24-fevralda tugʻilgan) — urugvaylik professional futbolchi, Braziliyaning „Palmeyras“ klubi hujumchisi.
Klubdagi faoliyati
U Merentiel Paysandu shahrida dunyoga kelgan. Undan tashqari u Peñarol klubining yosh tarbiyalanuvchilaridan biri hisoblanadi. 2017-yilning 9-yanvarida, u Primera Divizionidagi El Tanque Sisley jamoasi bilan olti oylik ijara shartnomasini tuzdi.
Merentiel o'zining professional faoliyatidagi debyutini 2017-yilning 19-fevralida, CA Serro klubiga qarshi (3:4) safar o'yinida amalga oshirdi va ushbu bahsda uning jamoasi magʻlub boʻldi. Yetti kundan soʻng esa u oʻzining birinchi golini kiritdi va „Liverpul“ klubiga qarshi safarda 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. 12-mart kuni u Montevideo Uonderers FC bilan kechgan oʻyinda (2:1) dubl qayd etib, jamoasiga muhim g'alabani taqdim etdi.
2017-yil 3-avgust kuni, Merentiel Segunda Divizioni jamoasi Lorca FC bilan bir yillik ijara shartnomasiga imzo chekkanidan soʻng, faoliyatida birinchi marotaba chet el maydonlarida to'p suradigan bo'ldi. 31-yanvar kuni esa uning shartnomasi qisqartirildi.
2019-yilning yanvar oyida, Merentiel Argentinaning Godoy Kruz klubiga 175 000 yevro evaziga koʻchib oʻtdi. 2020-yil 10-sentabrda, U sotib olish sharti bilan 2021-yil oxirigacha Defensa y Justicia klubiga ijaraga berildi. 2022-yilning 2-yanvar kuniga kelib, Defensa jamoasi ushbu bandni ishga tushirdi va u bilan 2024-yil oxirigacha amal qiladigan toʻliq shartnoma imzoladi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org