Miguel Layún




Miguel Arturo Layún Prado (talaffuzi: Migel Arturo Layun Prado) — 1988-yil 25-iyun kuni Meksikaning Kordobada shahrida tugʻilgan. „Amerik“a klubi va Meksika terma jamoasida himoyachi sifatida oʻynaydi. 2018-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi.

Klublardagi karyerasi




Miguel Layún „Veracruz“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2007-yilda Meksika Primerasida jamoa safida debyut qilgan. 2009-yilda Miguel Layún Italiyaning „Atalanta“ klubiga oʻtdi. 27-sentyabr kuni „Chievo“ga qarshi oʻyinda u A Seriyada debyut qildi. Uning maydondagi chiqishi tarixiy boʻldi chunki Miguel Layún Italiya chempionatida oʻynagan birinchi meksikalik boʻldi.

Xalqaro karyerasi



2013-yilda Miguel Layún Meksika terma jamoasining CONCACAF oltin kubogi uchun terma jamoasiga kiritildi. Kanada terma jamoasiga qarshi oʻyinda u terma jamoada debyut qildi. Miguel Layún Panama, Martinika va Trinidad va Tobagoga qarshi janglarda ham qatnashdi.

2014-yilning 28-may kuni Isroil terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Miguel Layún terma jamoasi safidagi ilk gollarini urib, „dubl“ni amalga oshirdi. Oʻsha yilning yozida u terma jamoaning Braziliyada boʻlib oʻtadigan jahon chempionatiga daʼvogarligiga kiritildi. Turnirda Miguel Layún Kamerun Braziliya, Xorvatiya va Gollandiya terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushdi.

2015-yilda Miguel Layún CONCACAF Oltin kubogini qoʻlga kiritdi. Turnirda u Kuba, Gvatemala, Trinidad va Tobago, Kosta-Rika, Panama va Yamayka terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

2016-yilda Miguel Layún AQShda boʻlib oʻtgan Amerika kubogida ishtirok etdi. Turnirda u Urugvay, Yamayka, Venesuela va Chili jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

Statistikasi




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz