Miguel Díaz-Canel
Miguel Mario Díaz-Canel Bermúdez (amerika ispanchasi: [miˈɣel ˈdi.as kaˈnel]; 20-aprel 1960) — Kubaning 19-chi va amaldagi prezidenti. Siyosatchi va muhandis, Kuba Kommunistik partiyasining uchinchi birinchi kotibi. Diaz-Kanel aka-uka Fidel va Raul Kastroning oʻrnini egalladi va bu inqilobdan keyin Kubaning Kastrolar sulolasidan boʻlmagan birinchi rahbariga aylandi. Shunday qilib, Diaz-Kanel rahbariyati partiya uchun ham, davlat uchun ham vorislikning sulolaviy boʻlmagan shaklini va Kubada Kastro rahbariyatining tugatilishini anglatadi.
Diaz-Kanel 2003-yildan buyon Kommunistik partiya Siyosiy byurosi aʼzosi, 2009—2012-yillarda Oliy taʼlim vaziri lavozimida ishlagan. 2012-yilda Vazirlar Kengashi vitse-prezidenti (Bosh vazir oʻrinbosari) lavozimiga koʻtarilgan. Bir yil oʻtib, 2013-yilda Davlat kengashi raisining birinchi oʻrinbosari etib saylandi. Diaz-Kanel 2018-yilda Raul Kastrodan keyin Davlat kengashi raisi lavozimini egallagan; 2019-yil dekabr oyida Respublika Prezidentiga saylanadi. 2021-yil 19-aprelda Diaz-Kanel Kuba Kommunistik partiyasi boshqaruvini ham oʻz zimmasiga oldi, u Raul Kastroning oʻrniga birinchi kotib lavozimini egalladi.
Yoshligi
Diaz-Kanel 1960-yil 20-aprelda Villa Klara provinsiyasining Platas shahrida maktab oʻqituvchisi Aida Bermudez va Santa-Klara (Kuba) mexanika zavodi ishchisi Migel Diaz-Kanel oilasida tugʻilgan. Ota tomonidan kelib chiqishi ispan (asturiyalik). Uning katta bobosi Ramon Diaz-Kanel XIX asr oxirida Asturiya (Ispaniya) ning Kastropol shahridan Gavanaga kelgan.
Mario Diaz-Canel 1982-yilda Las-Villas markaziy universitetini elektronika muhandisi sifatida tamomlagan va keyin Kuba inqilobiy qurolli kuchlariga qoʻshilgan. 1985-yil aprel oyidan boshlab oʻzi taʼlim olgan oliygohda muhandislik fanidan dars bergan. 1987-yilda Nikaraguada Villa Klara Yosh Kommunistik Ligasining birinchi kotibi sifatida xalqaro missiyasini yakunladi.
Siyosiy faoliyati
1993-yilda Diaz-Kanel Kuba Kommunistik partiyasi bilan ish boshladi va bir yildan soʻng Villa Klara provinsiyasi viloyat partiya qoʻmitasining birinchi kotibi etib saylandi (gubernatordan yuqori lavozim). U ushbu lavozimda yaxshi obroʻ qozondi, Diaz-kanel mamlakatda LGBT huquqlarini qoʻllab-quvvatlagan. 2003-yilda u Xolgin provinsiyasida saylangan viloyat partiya qoʻmitasining birinchi kotibi etib saylandi. Xuddi shu yili u Kuba Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosiga aʼzo boʻldi.
Diaz-Kanel 2009-yilning may oyida Oliy taʼlim vaziri etib tayinlangan. Bu lavozimni 2012-yilning 22-martigacha, Vazirlar Kengashi vitse-prezidenti (bosh vazir oʻrinbosari) boʻlguniga qadar egallab kelgan. 2013-yilda qoʻshimcha ravishda Davlat kengashi raisining birinchi oʻrinbosari boʻldi. Davlat Kengashi Prezidentining Birinchi vitse-prezidenti sifatida Diaz-Kanel Prezident Raul Kastroning oʻrinbosari sifatida ishlagan.
Kuba prezidenti
2018-yilda 86 yoshli Kastro Kuba Kommunistik partiyasining birinchi kotibi va Kuba inqilobiy qurolli kuchlari bosh qoʻmondoni lavozimlarini saqlab qolgan boʻlsa-da, prezidentlik lavozimini tark etdi. 2018-yil 18-aprelda Diaz-Kanel Kastrodan keyin prezidentlik lavozimini egallash uchun yagona nomzod sifatida tanlandi. Miguel Diaz-Canel 19-aprelda Milliy Assambleyada ovoz berish orqali tasdiqlandi va shu kuni qasamyod qildi. Siyosatshunos ekspertlar u mamlakatning ijtimoiy tuzilmasini saqlab qolgan holda oʻzidan oldingi kommunistik iqtisodiy siyosatni ehtiyotkorlik bilan isloh qilishini kutishgan. Diaz-Canel 1959-yil Kuba inqilobidan keyin tugʻilgan va 1976-yildan beri Kastro oilasining aʼzosi boʻlmagan birinchi prezidentdir.
Miguel Diaz-Canel inauguratsiyadan ikki kun oʻtib Venesuela prezidenti Nikolas Maduro taklifiga binoan Karakasga tashrif buyurdi. Diazning Maduro bilan 2018-yilning may oyida Karakasda uchrashuvi davlat rahbari sifatidagi birinchi rasmiy xorijiy tashrifi hisoblanadi. Dias-Kanel prezident boʻlganidan keyin 2018-yil noyabr oyida Kubaning Yevroosiyodagi barcha ittifoqchilari huzuriga tashrif buyurdi. Diplomatik uchrashuvlar Rossiya, Shimoliy Koreya, Xitoy, Vetnam va Laosda boʻlib oʻtdi. Birlashgan Qirollik va Fransiyadagi qisqa muddatli uchrashuvlar Britaniya parlamentariylari va Fransiya rahbarlari bilan ham uchrashuvlarni oʻz ichiga olgan. 2019-yil mart oyida Diaz-Kanel va uning rafiqasi Gavanada Uels shahzodasi Charlz va Kornuol gersoginyasi Kamillani kutib olishdi. Ular orolga tashrif buyurgan birinchi Britaniya qirollik aʼzolari sifatida mehmon boʻlishdi.
2019-yil oktyabr oyida Diaz-Kanel Kuba Respublikasi Prezidenti boʻldi. Bu idora u oʻtgan yilning aprel oyidan beri egallab kelgan, avval Kuba davlati rahbari boʻlgan Davlat Kengashi Prezidenti lavozimini almashtirdi. Davlat Kengashi Prezidenti lavozimi unchalik muhim boʻlmagan lavozimga aylandi. Diaz-Kanelning islohotlari, jumladan, prezidentlik lavozimini ketma-ket ikki besh yillik muddat bilan cheklab qoʻydi va gender, gender identifikatori yoki jinsiy oriyentatsiyaga asoslangan kamsitishni taqiqladi.
Miguel Diaz-Canelning maʼmuriyati oʻzgacha fikrni bostirgani, xususan, 11-iyuldagi COVID-19 pandemiyasining yomonlashuvi natijasida yuzaga kelgan norozilik namoyishlari va mamlakatdagi oziq-ovqat inqiroziga pitsa, guarapo va limonad bilan kurashish taklifi bahs-munozaralarga sabab boʻldi. Prezidentlik davrida valyuta tizimini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qaror va oziq-ovqat yoki dori-darmon kabi asosiy ehtiyojlarning umumiy tanqisligi yuz berdi.
Kommunistik partiyaning birinchi kotibi
2021-yil 19-aprelda Diaz-Canel Raul Kastro isteʼfoga chiqqanidan keyin rasman Kubadagi eng qudratli lavozim boʻlgan Kommunistik partiyaning birinchi kotibi boʻldi. Diaz 1959-yilgi Kuba inqilobidan keyin bunday lavozimda boʻlgan birinchi Kastro sulolasidan boʻlmagan dastlabki rahbardir.
Davlat tashriflari
Birinchi vitse-prezident sifatida
Galereya
Shaxsiy hayoti
Diaz-Kanelning ajralish bilan yakunlangan birinchi xotini Marta Vilyanueva bilan nikohidan ikki farzandi bor. Hozirda Diaz ikkinchi xotini Lis Kuesta bilan yashaydi.
2021-yil 23-martda Diaz-Kanel „Kubada barqaror rivojlanish uchun ilm-fan va innovatsiyalarga asoslangan hukumat boshqaruv tizimi“ nomli dissertatsiyani himoya qilib, texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi.
Manbalar
uz.wikipedia.org