Migel Alvares




 

Migel Alvares Sanches (Rebordondo, Kualedro, Orense, Galisiya, 27-noyabr 1982-yil), sportda Migel Alvares nomi bilan tanilgan, ispaniyalik futbol murabbiyi, 2022-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Superligasining "Surxon Termiz" klubini boshqargan.

Faoliyati



Migel 12 yoshidan boshlab, futbol olamiga ilk qadamlarini tashlay boshlagan. Germaniyada ispaniyalik muhojirlarning farzandi. Uning murabbiy sifatidagi faoliyati 2010-yilda Galisiya mintaqaviy futbolida, xususan, Union Vecinal Cultural Deportiva Candeánda quyi toifalarda yordamchi murabbiylik qilishdan boshlangan va keyinroq, 2012-yilda u Selta de Vigo akademiyasiga oʻtadi.

2013-yilda u Saudiya Arabistonining birinchi divizionidagi „Al-Nassr“ futbol klubining yordamchi murabbiyi sifatida shartnoma imzolaydi va u bilan 2013-14-yilgi mavsumda liga va kubokda gʻolib chiqadi va Daniel Karrenyoning murabbiylar shtabining bir qismini tashkil qiladi. Migel 2014-15-yilgi mavsum oxirigacha qoladi, u erda Raul Kaneda va Xorxe da Silvaning ikkinchi murabbiyi edi.

2015-16-yilgi mavsumda u Saudiya Arabistoni birinchi divizioni Al-Fateh sport klubida ikki mavsum davomida ikkinchi murabbiy vazifasida boʻldi.

2017-yilda u Saudiya Arabistoni birinchi divizioni Al-Ittifoq klubida videotahlilchi sifatida shartnoma imzolaydi va Tilo Vargasning murabbiylar shtabining bir qismini tashkil qiladi. Xuddi shu mavsumda u Maldiv orollariga Thinadhoo sport klubini boshqarish uchun ketadi.

2018-yilda u Saudiya Arabistoni birinchi divizioni „Xalij“ klubiga yordamchi murabbiy sifatida shartnoma imzoladi va u 2018 -yilning dekabrigacha boshqargan.

2019-yilda u Birlashgan Arab Amirliklari birinchi divizioni vakili „Al-Shabab Al Arabi“ klubiga tahlilchi sifatida keladi va Birlashgan Arab Amirliklari birinchi divizioni „Al-Nasr“ sport klubining ikkinchi murabbiyi sifatida ishlaydi.

2019-20-yilgi mavsumda u xuddi shu lavozimni egallash uchun Saudiya Arabistoni birinchi divizionining „Al-Fateh“ sport klubiga qaytishga qaror qilguniga qadar Misr birinchi divizioni „Wadi Degla Sporting“ klubida bosh tahlilchi boʻlib ishlaydi.

2020-21-yilgi mavsumda u Birlashgan Arab Amirliklari birinchi divizioni „Fujayra“ futbol klubining ikkinchi murabbiyi sifatida shartnoma imzolanadi.

2021-yil iyul oyida u Saudiya Arabistoni birinchi divizionining „Al-Adalah“ klubida yordamchi murabbiy lavozimini egallaydi.

2022-yilning 23-martida u O‘zbekiston Superligasining „Surxon Termiz“ klubida Xordi Fabregatning ikkinchi murabbiyi sifatida shartnoma imzolaydi.

2022-yil 9-sentabrda Anxel Lopes Peres ishdan bo‘shatilgach, O‘zbekiston Superligasi „ Surxon Termiz“ klubining birinchi murabbiyi bo‘ldi. Alvares O‘zbekiston terma jamoasini 2022-yilning 8-noyabriga qadar, uning shartnomasi yakuniga qadar boshqaradi.

Klublar



Texnik yordamchi sifatida




Bosh murabbiy sifatida




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz