Miftaxetdin Akmulla haykali




Miftaxetdin Akmulla haykali ― Ufa shahrida Boshqird davlat pedagogika universiteti roʻparasida oʻrnatilgan.

Tarixi



Miftaxetdin Akmulla haykali 2008-yil 8-oktabrda oʻrnatilgan. Ushbu yodgorlikni yaratish boʻyicha 2006-yilda gumanist shoir tavalludining 175-yilligiga bagʻishlab tanlov eʼlon qilingan edi. Tanlovga jami 16 ta ish taqdim etildi. Natijada arxitektor Damir Magafurov va haykaltarosh Vladimir Dvornikning loyihasi eng yaxshi eskiz deb topildi.

Yodgorlik turkiy maʼrifatparvar nomi bilan atalgan Pedagogika universiteti roʻparasida oʻrnatilgan. Yodgorlik shunday oʻrnatilganki, tomoshabinlar uning yoniga oʻtirib, kompozitsiya bilan oʻralib u bilan bir darajada boʻlishlari mumkin. Haykaltarosh Vladimir Dvornikning soʻzlariga koʻra:

Yodgorlik gʻoyasi shundan iboratki, Akmulla uzoq yoʻldan keyin qishloqqa keladi. U yerda buloqni koʻrib, chanqogʻini qondirish va mashaqqatli sayohatdan soʻng dam olish uchun salqin buloqqa boradi. Bu vaqtda unga bir yigit va bir qiz yaqinlashadi. Akmulla kitob olib, hikoyani boshlaydi, bolalar esa maʼrifatparvar shoirning gaplarini maftun boʻlib tinglaydilar. Ushbu lahzani aniq koʻrsatish uchun biz yodgorlik yoniga tol oʻtqazdik va buloq qildik[1].

Tantanali ochilish marosimida Boshqirdiston Respublikasi Prezidenti M.G.Rahimov, Boshqirdiston Respublikasi Qurultoy raisi K. Tolkachev, Boshqirdiston Respublikasi Hukumati Bosh vaziri R. Sarbayev, Ufa shahar tumani hokimligi rahbari P. Kachkayev ishtirok etgan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz