Miftah Anwar Sani
Miftah Anwar Sani (1995-yil, 19-sentyabrda tugʻilgan) — indoneziyalik professional futbolchi, Liga 1 klubi „Dewa United“ va Indoneziya terma jamoasida chap qanot yoki markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati
Persita Tangerang
Sani 2020-yilgi mavsumda Indoneziya Liga 1da oʻynash uchun Persita Tangerang klubi bilan shartnoma imzoladi. Ushbu mavsum 2020-yil, 27-mart kuni COVID-19 pandemiyasi sababli toʻxtatilgan edi. 2021-yilning 20-yanvarida mavsum bekor qilindi deb eʼlon qilindi.
Sloboda Tuzla
2021-yil, 16-fevralda u Bosniya Premyer-ligasi klubi Sloboda Tuzla bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Biroq, 2021-yilning may oyida Miftah shartnomani berok qilib, ishlashga ruxsat ololmagani uchun birorta ham oʻyin oʻtkazmasdan Indoneziyaga qaytishga qaror qildi.
Barito Putera
U Liga 1 klubi Barito Putera bilan 2021-yilgi Liga 1 mavsumida oʻynash uchun klub bilan shartnoma tuzdi. Miftah 2021-yilning 11-sentyabrida Tangerangdagi Indomilk Arenada Bali United klubiga qarshi oʻyinda ligadagi debyutini oʻtkazdi.
Dewa United
Miftah 2022-23-yilgi mavsumda Liga 1da oʻynash uchun „Dewa United“ klubi bilan shartnoma tuzdi. U ligadagi debyutini 2022-yil, 25-iyulda Soebroto stadioni, MagelangMochda Persis Solo klubiga qarshi o‘yinda o‘tkazdi.
Xalqaro faoliyati
U rasmiy xalqaro debyutini 2021-yil, 7-oktabr kuni Xitoy Taypeyiga qarshi 2023-yilgi Osiyo Kubogi saralashi — pley-off bosqichi o‘yinida o‘tkazdi.
Faoliyat statistikasi
Klub
2022-yil, 23-avgust holatiga ko'ra[10]
Xalqaro
2021-yil, 7-oktabr holatiga ko'ra
Manbalar
Manba xatosi: <ref> tags exist for a group named "lower-alpha", but no corresponding <references group="lower-alpha"/> tag was found
uz.wikipedia.org