Midtown minorasi
Midtown minorasi (yaponcha: ミッドタウンタワー миддо таун тава?) — kop funkziyali osmonoʻpar minora, Yaponiya poytaxti boʻlmish Tokio shahridagi Minato mahsus tumanidagi Akasaka kvartalida joylashgan. Minora qurilishi 2007-yil la yukunlangan boʻlib hozir kunga qadar Tokiyo shahridagi eng balan bino hisoblanadi. Uning balandligi 248,1 metrni tashkil qiladi. Ushbu binoda ofislar va Ritz-Carlton mehmonxonasi mavjud.
Qurilish jarayoni
Tokio markazida joylashgan minora uning majmuasida joylashgan oltita binoning eng balandi hisoblanadi. Rasmiy tantanali ochilish 2007-yil 31-martda boʻlib oʻtdi, garchi ofislar fevral oyidan beri oʻz faoliyatini olib borishiga qaramay. Bino Chikagodagi Skidmore, Owings and Merrill arxitektura firmasi tomonidan Nikken Sekkei Ltd yordami bilan loyihalashtirilgan va Takenaka va Taisei korporatsiyalari tomonidan qurilgan.
Midtown Towerda tijorat faoliyati
Koʻp funktsiyali ob'ekt sifatida 54 qavatli minora turli usullarda qoʻllaniladi. Bir nechta konferentsiya zallari 4-qavatni toʻliq egallaydi. 5-qavat Tokio Midtown Hub shtab-kvartirasi boʻlib, shuningdek, galereyalar va koʻrgazma maydonlariga ega. Tokyo Midtown tibbiyot markazi 6-qavatda joylashgan. Bu Jons Xopkins universiteti bilan hamkorlikka asoslangan tibbiyot muassasasidir. Xuddi shunday osmonoʻpar binolardan farqli oʻlaroq, Midtown Towerning ellik toʻrtinchi qavatida tashrif buyuruvchilar uchun kuzatuv maydonchasi yoʻq.
Ofis ijarachilari
Binoning 7-qavatidan 44-qavatigacha ijarachilar yashaydi. Ular orasida:
Tokio Rits-Karlton
45 dan 53 gacha boʻlgan qavatlarda 248 xonali Tokio Ritz-Carlton mehmonxonasi joylashgan. U taniqli dekorator Frenk Nikolson tomonidan ishlab chiqilgan.
Havolalar
Manbalar
Media related to Midtown Tower at Wikimedia Commons
uz.wikipedia.org