Midori Honda




Midori Honda (1964-yil 16-noyabrda tugʻilgan) — yaponiyalik futbol menejeri va sobiq futbolchi, hozirda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi. Honda futbolchi sifatida Yaponiya terma jamoasida oʻynagan.‌‌

Klubdagi faoliyati



Honda 1964-yil 16-noyabrda Sidzuokada tugʻilgan. U mahalliy „Shimizudaihachi SC“ klubida oʻynagan. U ketma-ket 4 yil Empress Kubogini qoʻlga kiritdi (1980 — 1983). 1985-yilda u Yomiuri Nippon SC Ladies Beleza ga koʻchib oʻtdi. Klub ketma-ket 3 yil L.Ligada gʻolib chiqdi (1990 — 1992).

Terma jamoadagi faoliyati



1981-yilning iyun oyida, Xonda 16 yoshida, 1981-yilgi Osiyo chempionatiga Yaponiya terma jamoasi safida toʻp sura boshladi. Ushbu musobaqada, 7-iyun kuni u Xitoy Taypeyiga qarshi oʻyinda debyut qildi. Bu Yaponiya terma jamoasining Xalqaro A Matchdagi birinchi oʻyini. 1986, 1989, 1991-yilgi Osiyo chempionati va 1990-yilgi Osiyo oʻyinlarida ham oʻynagan. U 1991-yilgi jahon chempionatida ham Yaponiya terma jamoasi aʼzosi boʻlgan. Bu musobaqa uning Yaponiya uchun soʻnggi oʻyini boʻldi. U Yaponiya terma jamoasi safida 1991-yilgacha 43 ta oʻyin oʻtkazgan.

Murabbiylik faoliyati



2001-yilda Honda yangi klubi Okayama Yunogo Belle klubi uchun menejerlik qildi. U xalqaro oʻyinchilarga, Aya Miyama, Mixo Fukumoto va boshqalarga soha yuzasidan maslahat berdi. 2010-yilgi mavsum oxirida u isteʼfoga chiqdi. 2013-yilda u AC Nagano Parceiro klubi uchun menejer boʻldi. 

2022-yilning fevral oyida Honda futbol boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi boʻldi. Yaponiya termaa jamoasi safida 10 yil toʻp surgan.

Milliy terma jamoadagi natijalari




Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz