Microsoft Word




Microsoft Word (qisqacha MS Word , WinWord yoki Word ) – matnli maʼlumotlarni yaratish, koʻrish va tahrir qilish uchun moʻljallangan matn muharriridir yoki matn protsessori. Microsoft korporatsiyasi tomonidan Microsoft Office paketi tarkibida chiqariladi. Ilk versiyasi Richard Brodi tomonidan 1983-yil IBM PC uchun yozilgan. Keyinroq Apple Macintosh (1984), SCO UNIX va Microsoft Windows (1989) uchun ishlab chiqilgan. Amaldagi versiyasi Windows va MacOS uchun moʻljallangan Microsoft Office Word 2016 hisoblanadi.

Tarixi



Microsoft Word yaratilishida “Xerox PARC” taqdqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan Bravo – original grafik interfeysga ega matn protsessori katta oʻrin tutadi. Bravo asoschisi Charlz Simoni PARCni 1981-yil tark etgan. Wordning MS-DOS uchun taqdimoti 1983-yil oxirida boʻlib oʻtdi. Bu tovar bozorda yomon kutib olindi.

Biroq 1985-yil Macintosh uchun moʻljallangan versiyasi qoʻlma-qoʻl boʻlib keng tarqala boshladi. Ikki yildan soʻng Macintosh uchun Word 3.01 versiyasi ishlab chiqildi. Macintosh uchun moʻljallangan boshqa dasturiy taʼminotlar kabi Word ham toʻliq WYSIWYG -muharrir edi (“what you see is what you get” tamoyili – “nima koʻrsam, shuni olaman”).

MS-DOS grafik qobiqdan mahrum matn operatsion tizimi boʻlsada, DOS uchun moʻljallangan Word dasturi IBM PC ning tahrir vaqtida yarim qora yoki yotiq matn kabi matn belgilarini koʻrsatib bera oluvchi matn protsessori edi. Biroq u hali ham toʻliq WYSIWYG-muharrir edi. WordStar va WordPerfect kabi matn muharrirlari oddiy matn ekranini belgi kodlari bilan ishlatishar edi, baʼzan matn rangli ham boʻlardi.
Ammo koʻp holda DOS dasturiy taʼminotidagi dasturlarda har bir buyruq uchun shaxsiy qiyin kombinatsiyalar qoʻllanilishi (DOS Wordda hujjat saqlashda ESC-T-S kombinatsiyasi ishlatilgan) va koʻp kotiblar faqat WordPerfectni ishlata olishi shu dasturni ishlatuvchi kompaniyalar ozroq ustunlikka ega yangi dasturga juda sekinlik bilan oʻtishgan.

1990-1995-yillar



1989-yil Windows uchun ishlab chiqilgan Wordning ilk versiyasi $500 ga sotilgan. Windows 3.0 ishlab chiqarilishidan soʻng savdo oʻsa boshladi va uning asosiy raqobatchisi WordPerfect ustunlikni ushlay olmadi.

Keyingi versiyalarda matn muharriri doirasidan chetga chiqadigan imkoniyatlar qoʻshila boshladi. Chizish asboblari hujjatga grafika qoʻshish kabi juda oddiy amalarni bajara olardi, lekin bu maxsus dasturlar kabi emasdi. Obyektlarni qoʻshilishi, hujjat versiyalarini taqqoslash, koʻp tilli yordam va boshqa imkoniyatlar kelgusi yillarda amalga oshirildi.

Hozirgi ahvoli



Microsoft Word hozirda keng qoʻllaniluvchi eng ommabop matn muharriri hisoblanadi. IBM OC platformasidagi “.doc” kengaytmasi Word 97-2000 ikkilamchi formatining sinonimiga aylandi. Bu formatga eksport va import qiluvchi filtrlar koʻpchilik matn muharrirlarida mavjuddir. Hujjat formati Wordning turli versiyalarida oʻzgarishlarga uchradi. Formatlash amallari dasturning eski versiyalarida uchramasligi mumkin. MS Word 2007 XML, - Microsoft Office Open XML ga asoslangan “ehtimoliy tanlangan” formatni ishlatadi. Word 97-2007 formatlarining tasnifi 2008-yilda Microsoftda eʼlon qilingan.

Microsoft Officening boshqa dasturlari kabi Word oʻz imkoniyatlarini oʻziga oʻrnatilgan makrotil vositachiligida kengaytirishi mumkin (oldiniga WordBasic, Word 97 versiyasidan soʻng VBA – Visual Basic qoʻllanilgan). Biroq bu virus xavfini oshiadi. Yaqqol misol Melissa chuvalchanggi epidemiyasi boʻloladi. Shu sababdan antivirus dasturiy taʼminotidan foydalanish ortiqchalik qilmaydi. Microsoft Word hujjatlarini zararlagan ilk virus 1994-yil dekabrda J. Mak-Namarning makroviruslar yaratish imkoniyatlarini namoyishiga moʻljallangan DMV boʻlgan. “Yovvoyi tabiatga” tushgan va dunyodagi ilk makroviruslar epidemiyasini chaqirgan ilk virus esa Concept hisoblanadi (1995-yil iyun-avgust).

2009-yil 12-avgustda Texas shtati sudi Microsoft patenti Kanada i4i kompaniyasiga tegishli boʻlgan XML-fayllarni oʻqish uslubini noqonuniy foydalanishida ayblab, AQSh hududida Word dasturlarini sotishni taqiqladi.

Dasturning rivojlanishi



MS Word soʻnggi yillarda oʻz imkoniyatlarini kengaytirdi. Word 2003 versiyasidagi dastur asosiy ramzi Word 2007 versiyasida qisman oʻzgartirildi. Planshet, smartfon va boshqa qurilmalar uchun dastur sinxronlashtirildi. Dastur tarkibiga yangi shriftlar, turli format usullari, har bir obyekt uchun alohida sozlamalar qoʻshildi, dasturning internet orqali yangilanishi va qayta aloqa qilish tizimi takomillashtirildi. Mobil qurilmalar, planshetlar uchun Word dasturini Play Market, AppStory va boshqa internet doʻkonlardan yuklab olish mumkin.

Versiyalar tarixi



Microsoft Windows uchun versiyalar:

MC-DOS uchun versiyalar:

Macintosh (Mac OS yoki Mac OS X) uchun versiyalar:

Apple OS-X uchun versiyalar:

Apple iOS uchun versiyalar:

OS/2 uchun versiyalar:

SCO UNIX uchun versiyalar:

Hujjatlarining himoya tizimi



Hozirgi kunda Microsoft Wordga 3 turdagi himoya qoʻyish mumkin:

MS Word versiyalaridan qatʼI nazar “hujjat oʻzgartirish uchun himoya” va “formatlash va tahrirlashni cheklash uchun himoya”ni hujjatdan darhol yoʻq qilish mumkin. Hujjatning haqiqiy himoyasini esa “hujjat ochish uchun himoya” taʼminlab beradi.

MS Wordning eski versiyalarida, hattoki Word 2003 da ham hujjat ochish uchun himoya muammosiz buzilishi mumkin.

MS Word 2007/2010 versiyalarida Microsoft 128 bit kalitli AES shifrlash algoritmini qoʻllamoqda. Bunda himoyani chetlab oʻtish nisbati tahminan nolga teng.

Kombinatsiyali amallar



Kompyutеrda ishlash vaqtimizda har xil vaziyatlar boʻlishi mumkin. Shulardan eng koʻp uchraydigan bu sichqonchaning nosozligi. Foydalanuvchilarning katta qismi esa ushbu qurilma orqali asosiy amallarni bajarishadi va shu sabali shunaqa vaziyatlarda ish toʻxtab yoki sеkinlab qoladi. Shunaqa vaziyatni yеchish uchun bizga tеzkor tugmalar yordam bеrishadi. Tеzkor tugmalar yordamida biz biror bir amallarni klaviatura yordamida tеzkor bajara olamiz. Shuning uchun ush bu tugmalarni bilish foydalanuvchilarga talab dеb qoʻyiladi. Quyidagi roʻyxatda asosiy tеzkor tugmalar koʻrsatilgan:

Ba'zi bir amallar



Matnlarni kiritish uchun klaviaturada mavjud boʻlgan xarf va belgilardan foydalaniladi. Belgilar kiritilishi bilan ekrandagi kursor deb nomlanuvchi vertikal chiziq oʻng tomonga suriladi. Satrning oʻng chegarasiga etilgandan soʻng matn avtomatik ravishda keyingi satrga oʻtadi. Bosh xarflarni yozish uchun Caps Lock yoki Shift tugmasidan foydalanamiz. Klaviatura tugmalari bilan quyidagi amallar ham mavjud:

Funksiоnаl klаvishlаr



Word dasturida funksional tugmalar mavjud boʻlib, ular quyidagi vazifalarni bajaradi:
F1 funktsiоnаl tugmаsi — bоsilsа, yordаmchi yoki mаʻlumоt оynаsi оchilаdi.
F2 funktsiоnаl tugmаsi — mаtn yoki rаsmlаrni bir jоydаn ikkinchi jоygа koʻchirish uchun qoʻllаnilаdi.
F3 funktsiоnаl tugmаsi — Автотекст elеmеntini jоylаshtirаdi.
F4 funktsiоnаl tugmаsi — охirgi аmаlni tаkrоrlаydi.
F5 funktsiоnаl tugmаsi — Oʻtish (Правка mеnyusi) dаrchаsini chаqirаdi.
F6 funktsiоnаl tugmаsi — kеyingi sоhаgа oʻtishni tаʻminlаydi.
F7 funktsiоnаl tugmаsi — Toʻgʻri yozishgа chаqirаdi. Хаtо yozilgаn mаtnni qizil rаng bilаn аjrаtib koʻrsаtаdi. (Сервис mеnyusi)
F8 funktsiоnаl tugmаsi — bоsilgаndа bеlgilаsh (blоkgа оlish) kеngаyadi. Bu tugmа yanа bir bоr bоsilgаndа bеlgilаnish chеgаrаsi kеngаyadi
F9 funktsiоnаl tugmаsi — bеlgilаngаn mаydоn хоlаtini yangilаydi.
F10 funktsiоnаl tugmаsi — mеnyu sаtrini fаоllаshtirаdi.
F11 funktsiоnаl tugmаsi — kеyingi mаydоngа oʻtishni tаʻminlаydi.
F12 funktsiоnаl tugmаsi — Fаyl mеnyusidаgi Хujjаtni qаndаy sаqlаsh mulоqоt dаrchаsini chаqirаdi.

Funksional tugmalar majmui



SHIFT+ :

ALT+ :

CTRL+ :

SHIFT+ALT+ :

SHIFT+ CTRL+ :

CTRL+ ALT+ :

Tanqid



Koʻpincha MS Word kuchsiz xavfsizlik, yopiq boshlangʻich kod kabilar uchun tanqidga uchraydi. Oldin Wordni hujjat formatining yopiqligi sabab tanqid qilishgan (2008-yil bu muammoga barham berilgan). Bu esa baʼzi tashkilotlarni OpenOffice Writer kabi boshqa matn muharrirlariga oʻtib ketishiga sabab boʻldi.

Yana qarang




Adabiyotlar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz