Mickaël Alphonse
Mickaël David Alphonse (talaffuzi: Mikael Devid Alfons)(1989-yil 12-iyulda tugʻilgan) — professional futbolchi, oʻng qanot himoyachisi. Liga 1 klubi Ajaccio klubida . Franssiya poytaxtida tugʻilgan boʻlishiga qaramay, xalqaro maydonda u Gvadelupani sharafini miqyosda himoya qiladi.
Klubdagi faoliyati
Alphonse oʻz faoliyatini CS Louhans-Cuiseaux jamosi bilan boshlagan va kattalar safida debyutini 2007-yil 7-sentyabrda Pau FC bilan 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlanagan oʻyinda oʻtkazgan. Alphonse ikkinchi boʻlimda Hicham Elouaari oʻrniga maydonga tushgan. U klub safida 58 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 bora gol muallifiga aylangan.
2010-yilning yozida u „Rouen“ jamosiga oʻtgan. Keyingi mavsumda Alphonse yana klubini almashtirdi, bu safar Championnat de France havaskor jamoasi AS Moulinsga qoʻshildi. U klub bilan ikki mavsum oʻtkazdi va barcha musobaqalarda deyarli 50 oʻyin oʻtkazdi.
Alphonse 2013—2014-yilgi mavsum oldidan Burg-Péronnas bilan shartnoma imzolagan va klubdagi ikkinchi mavsumida u Milliy chempionatda uchinchi oʻrinni egallagan jamoaning asosiy oʻyinchilaridan biri boʻlgan. Alphonse jamoasiga klub tarixida birinchi marta Liga 2 ga koʻtarilishiga yordam bergan.
2016-yil iyul oyida Alphone Liga 2 klubi FC Sochaux Montbeliard bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.
2018-yilning iyul oyida u Liga 1 vakili Dijon bilan uch yillik shartnoma imzolagan.
2020-yil 21-avgustda u „Amiens“ jamosj futbolchisiga aylangan.
2022-yilning 3-fevralida u Isroilning „Maccabi Haifa“ klubi bilan bir yillik shartnoma imzolagan.
2022-yilning 1-iyulida Alphonse Fransiyaga qaytgan va Ajaccio jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.
Xalqaro faoliyati
Alphons Fransiyada tugʻilgan lekin gvadelupa fuqarosi. U Gvadelupa terma jamoasidagi debyutini 2018-yil 11-sentyabrda KONKAKAF Millatlar ligasi saralashida Sent-Martinga qarshi bahsda oʻtkazgan. Oʻyinda Gvadelupa raqibi ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozngan.
Faoliyat statistikasi
Faxrlar
Maccabi Haifa Manbalar
uz.wikipedia.org