Michy Batshuayi




Michy Batshuayi-Atunga (talaffuzi: Mishi Batshuayi-Atunga) 1993-yil 2-oktyabrda Brusselda tavallud topgan. Belgiyalik futbolchi Turkiyaning „Fenerbahçe“ va Belgiya terma jamoasi hujumchisi. 2016-yilgi Yevropa chempionati ishtirokchisi. 2018-yilgi jahon chempionatining bronza medali sovrindori.

Chelsea




2016-yilning 3-iyulida Michy Batshuayi-Atunga 39 million yevro evaziga Angliyaning „Chelsea“ jamoasiga oʻtdi. Shartnoma 5 yil muddatga imzolandi. Klubda „23“ raqami ostida toʻp surgan. 15-avgust kuni „West Ham United“ ga qarshi oʻyinda Michy Batshuayi-Atunga ikkinchi boʻlimda Oskar oʻrniga Angliya Premer-ligasida debyut qildi. Bahs oxirida u gʻalaba golini urgan Diego Kostaga assistentlik qildi. 20-avgust kuni „Watford“ga qarshi bahsda Michy Batshuayi-Atunga „Chelsea“ safidagi ilk golini urdi. 23-avgust kuni Angliya Futbol Ligasi kubogi doirasida „Bristol Rovers“ga qarshi oʻyinda Michy Batshuayi-Atunga „pensionerlar“ safida oʻzining ilk „dubl“ini urdi. Oʻzining debyut mavsumida u klubga chempionlikni qoʻlga kiritishda yordam berdi. 21-may kuni „Sunderland“ga qarshi bahsda Michy Batshuayi-Atunga chempionatdagi ilk „dubl“ini amalga oshirdi. U Angliya Liga kubogi doirasida „Nottingham Forest“ga qarshi oʻyinda xet-trik qayd etdi. Chempionlar ligasi doirasida Ozarbayjonning „Karabakh“ va Ispaniyaning „Atletico Madrid“ klublariga qarshi kechgan oʻyinda Michy Batshuayi-Atunga gol urdi.

Xalqaro karyerasi




2015-yil 28-mart kuni Kiprga qarshi 2016-yilgi Yevropa chempionati saralash oʻyinida Michy Batshuayi-Atunga Belgiya terma jamoasida ikkinchi boʻlimda Kristian Benteke oʻrniga maydonga tushdi. Oʻsha oʻyinda u terma jamoadagi ilk golini urdi.

2016-yilning yozida Michy Batshuayi-Atunga jamoasi tarkibida u Fransiyada boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Vengriya va Uels jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushdi. Vengerlarga qarshi kechgan bahsda Michy Batshuayi-Atunga gol urdi.

2018-yilda Michy Batshuayi-Atunga Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatining bronza medali sovrindori boʻldi. Turnirda u Tunis, Angliya va Fransiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Tunisliklarga qarshi kechgan bahsda Michy Batshuayi-Atunga gol urdi.

Statistika




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz