Michoakan
Michoakan , Michoakande-Okampo — Meksikaning janubi-gʻarbiy qismidagi shtat. Tinch okean sohilida, Lerma va Balsas daryolari havzasida joylashgan. Maydoni 59,9 ming km². Aholisi 3979 ming kishi (2000). Maʼ-muriy markazi — Moreliya shahri Michoakan hududining yarmidan ortiq qismi Meksika togʻligining janubi-gʻarbiy chekkasidagi koʻllar qavzasidan iborat. Sohil boʻylab Syerrade-Koalkoman tizmalari (eng baland joyi 2764 m) joylashgan. Seysmik faol hudud. Ikdimi togʻtropik iqlim. Meksika togʻligida oʻrtacha oylik temperaturalar 20°, yillik yogʻin 900 mm. Ichki rayonlarda chala choʻl oʻsimliklari, togʻlarda sernam barg toʻkuvchi va doim yashil tropik oʻrmonlar oʻsadi.
Iqtisodiyotning asosini qishloq xoʻjaligi tashkil etadi. Sugʻoriladigan yerlarda paxta, sholi, shakarqamish, qulupnay, kartoshka, sabzavotlar, gladiolus (eksport uchun) ekiladi. Uruapan shahri atroflarida kofe, Balsas daryosi quyilish joyida tropik mevalar yetishtiriladi. Togʻlarda makkajoʻxori, dukkakli ekinlar ekiladi. Baliq ovlanadi. Kimyo, oziq-ovqat, sellyulozaqogʻoz, yogʻochsozlik, toʻqimachilik sanoatlari rivojlangan. Sohil boʻylab portlar, kema verfi, metallurgiya kombinati qurilgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org