Michal Kováč




Kovach Mixal (1930.5.8, Slovakiyaning Gumenne tumanidagi Lyubisha qishlogʻi) — Slovakiya Respublikasining birinchi prezidenti (1993—98). Bratislavadagi Savdo akademiyasi va Iqtisod institutini tugatgan. 1956—89 yillarda bank tizimida ishlagan. Slovakiya moliya vaziri (1989—91), Chexiya va Slovakiya Federativ Respublikasi (CHSFR) Federal majlisi deputati (1990 yildan). "Demokratik Slovakiya uchun" harakati raisi oʻrinbosari (1991), CHSFR federal majlisi deputata va raisi (1992 yil iyundan 31 dekabr gacha).

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz