Michal Češka
Michal Češka (1992-yil 2-sentyabrda tugʻilgan) — Chexiya Respublikasi vakili sifatida muz ustida raqs musobaqalarida qatnashgan muz raqqosi. Sherigi Cortney Mansour bilan birga toʻrt marta xalqaro medal va uchta milliy unvonni qoʻlga kiritgan. Juftlik uch marta Xalqaro konkida uchish ittifoqi chempionatining finaliga yetib kelgan.
Shaxsiy hayoti
Michal Češka 1992-yil 2-sentyabrda Děčín shahrida tugʻilgan. Uning otasi sobiq figurali uchuvchi, akasi xokkey oʻyinchisi.
Faoliyati
2013 — 2014-yilgi mavsum
Michal Češka 2013-yilda Yevropada oʻtkazilgan konkida uchish boʻyicha sherik tanlash sinovlaridan soʻng Chexiya vakili sifatida Mansour bilan juftlik hosil qilgan. Ularga Torontoda (Ontario, Kanada) Carol Lane, Jon Lane, and Juris Razgulajevs murabbiylik qilgan. Xalqaro debyutini amalga oshirgan Mansour / Češka juftligi 2013-yil sentyabr oyida Gdanskda boʻlib oʻtgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Grand-pri (JGP) musobaqasida oʻn ikkinchi oʻrinni, keyingi oy esa Chexiyada boʻlib oʻtgan JGP turnirida oʻninchi oʻrinni egallagan. Bu juftlik 2014-yilda Bolgariyaning Sofiya shahrida bo‘lib o‘tgan O‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etib ikkala dasturda oʻn toʻrtinchi o‘rinni egallagan holda, umumiy hisob bilan jamoalar oʻrtasid oʻn uchinchi o‘rindan joy olgan.
2015 — 2016-yilgi mavsum
Mansour / Češka oktyabr oyining birinchi yarmida ikki marta (2015 CS Ondrej Nepela Trophy va 2015 CS Finlandia Trophy) Challenger seriyasida oltinchi oʻrinni egallagan. Murabbiylarni almashtirishga qaror qilgan juftlik, oy oxirida Michigan shtatining Novi shahrida murabbiy Igor Shpilband jamoasiga qoʻshilgan. Juftlik Pavel Roman Memorial musobaqasida ishtirok etib, oltin medalni qoʻlga kiritgan va keyin 2016-yilda Bratislavada boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida 14-oʻrinni egallagan.
Dasturlari
Mansour bilan
Natijalari
GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri
Mansour bilan
Manbalar
uz.wikipedia.org