Michael Zetterer




Michael Zetterer (talaffuzi: Maykl Zetterer; 1995-yil 12-iyulda tugʻilgan) — nemis professional futbolchisi, Bundesliganing Werder klubi darvozaboni.

Klublardagi faoliyati



Zetterer Bavariya vodiysida mahalliy DJK Darching safida futbol oʻynay boshladi. Oʻn bir yoshida, 2006-yilda SpVgg Unterhachingning yoshlar jamoasiga oʻtdi. 2012-yil dekabr oyida 2013-yildan 2016-yilgacha boʻlgan uch yillik professional shartnoma imzoladi.

SpVgg Unterhaching



2013-2014-yilgi mavsumda Zetterer avvaliga Korbinian Müllerdan keyingi zaxira darvozabon sifatida ishlagan. Korbinian Müllerning zaif tomonlari tufaylini bosh murabbiy Manuel Baum Zettererni yangi asosiy darvozabon etib tayinladi. U 2014-yilning 1-martida jamoasi Hallescher FCda mehmonda 4:2 hisobida mag‘lub bo‘lganida debyut qilgan.

2014-2015-yilgi mavsumda Zetterer Unterxachingning doimiy darvozaboni boʻlib qoldi. Uning oʻyinlari Germaniya yoshlar terma jamoasi va Bundesliganing bir qancha klublarida qiziqish uygʻotdi.

Werder Bremen



2015-yilning yanvarida Zetterer Bundesliga vakili Werderga oʻtdi. OAV xabariga koʻra, u 2018-yilgacha shartnoma imzolagan va uning transfer narxi 100 000 yevroni tashkil qilgan. Raphael Wolf va Koen Casteelsdan keyingi zaxirada darvozaboni boʻldi. 2014-2015-yilgi mavsumning ikkinchi yarmida Zetterer Werderning zaxira jamoasi bilan yettita o‘yin o‘tkazdi va uning to‘rtinchi bosqich Regionalligadan 3.Ligaga ko‘tarilishiga hissa qo‘shdi.

Wolf jarohatlangan keyin Zetterer 2015-2016-yilgi mavsumning birinchi yarmida asosiy jamoaning ikkinchi darvozaboni boʻlgan. Mavsumdagi ilk uchrashuvini 2015-yil 1-noyabrda o‘rinbosarlar jamoasi Chemnitserga qarshi o‘yinda (3:2) o‘tkazdi.

2018-yilning iyul oyida Werder bilan shartnomasini 2019-yilgacha uzaytirishga kelishib oldi.

2019-yilning fevral oyida Avstriyaning Klagenfurt klubiga ijaraga oʻtdi.

2022-yil 11-sentabrda Bundesligadagi debyutini o‘tkazdi va Augsburgga qarshi o‘yinda (1:0) jarohat olgan Jiří Pavlenkaning o‘rniga maydonga tushdi.

Xalqaro faoliyati



2014-yilning avgust oyida Zetterer birinchi marta Germaniya U20 terma jamoasiga kiritildi. Hozirgacha u terma jamoada 4 marta oʻynagan.

Faoliyat statistikasi



Klublarda



1-iyun, 2022-yil

Terma jamoada




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz