Michael Rensing
Michael Rensing (1984-yil 14-mayda tugʻilgan) — nemis futbolchisi, darvozabon sifatida oʻynaydi. U Bayern Munich, 1.FC Kyoln, Bayer Leverkuzen va Fortuna Düsseldorf kabi jamoalarda oʻynagan.
Klublardagi faoliyati
Yoshlikdagi faoliyati
Otasi germaniyalik va onasi esa serbiyalik boʻlgan Rensing 2000-yilda TuS Lingendan Bayern Munichga kelib qoʻshilgan va oʻz faoliyatini klubning yoshlar jamoasida davom ettirgan.
U 2001—2002-yilgi mavsumda zaxiradan ikkita oʻyinda maydonga tushdi. 2002-2003 mavsumni esa Regionalliga Südda oʻtkazdi va jami 34 ta liga va kubok oʻyinida maydonga tushdi.
Bayern Munich
Rensing Bundesligadagi debyutini 2004-yil 21-fevralda oʻtkazdi. U "Schalke 04" ga qarshi oʻyinda ham maydonga tushdi.
Rensing 2004—2005-yilgi mavsumida Bundesliganing toʻrtta oʻyinida va ikkita kubok oʻyinida va 2005—2006-yilgi mavsumida esa Bundesliganing oltita oʻyinida maydonga tushgan. 21-fevral kuni „Milan“ ga qarshi oʻyinda jarohat olgan Oliver Kan oʻrniga Chempionlar Ligasida jamoasi uchun asosiy darvozabon boʻlib qoldi. 2006-yil 15-aprelda Rensing Arminia Bielefeldga qarshi oʻyin oldidan gʻalati hodisaga duch keldi. U oʻyin oldi mashgʻulotlar paytida toʻpga zarba berdi, bu toʻp esa darvozabon Oliver Kanning koʻziga tegib, uni oʻyindan tashqarida zaxirada qolishiga majbur qildi. Kan oʻrnida Rensing oʻynadi va „Bayern Munich“ 2:0 hisobida gʻalaba qozondi.
Kan faoliyatining oxiriga yaqinlashar ekan, Rensing asta-sekin koʻproq oʻyinlarda maydonga tusha boshladi. 2008-yilda Kan nafaqaga chiqqanidan soʻng, Rensingga „Bayern Munich“ning asosiy darvozaboni boʻlish imkoniyati berildi. U Bundesligada 26 ta oʻyinda, 4 ta kubokda, 7 ta Chempionlar ligasida maydonga tushadi. 2009—2010-yilgi mavsumni yomon boshlaganidan soʻng, uning tajribali jamoadoshi Xans-Yorg Butt uning oʻrniga Bayern Munich klubining asosiy darvozaboni boʻldi. Bayern Munich mavsum oxirida shartnomani uzaytirmaslikni maʼqul koʻrdi.
2010-yil noyabr oyida Rensing "Leicester Citi "ga sinov tariqasida qoʻshildi, ammo keyingi shartnoma taklifini rad etildi.
1. FC Köln
2010-yil 21-dekabrda Rensing FC Köln bilan olti oylik shartnoma imzoladi. U 2010-2011-ilgi mavsumda 17 ta oʻyinda maydonga tushdi va jamoa bilan shartnomasini yana 2yilga yaʼni 2013-yilgacha uzaytirdi. U 2011-12 yilgi mavsumda chempionatda 32 oʻyin oʻtkazdi va Kubok oʻyinlaridada maydonga tushdi. Biroq 2012-yilda klub quyi ligaga tushib ketganidan soʻng Köln u bilan shartnomani muddatidan oldin toʻxtatdi. U Kölndagi faoliyatini 49 liga oʻyinlari bilan yakunlagan.
Bayer Leverkusen
Rensing 2012-yilning avgustida Bernd Lenodan keyingi oʻrindagi darvozabon sifatida xizmat qilish uchun Leverkusenning Bayer 04 jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Klubdagi yagona mavsumida u ikkita liga oʻyinida va 1 ta kubok oʻyinida maydonga tushirildi.
Fortuna Düsseldorf
2013-yilning 1-iyulidan buyon Rensing Fortuna Düsseldorf jamoasida oʻynamoqda. Mavsumning birinchi oʻyini oldidan Rensing mashgʻulotni tark etdi va shu tariqa oʻsha oʻyin uchun jamoadan chetlatildi. U 2013—2014-yilgi mavsumda beshta oʻyinda ishtirok etdi. 2014—2015-yilgi mavsumda Rensing mavsumning dastlabki 13 ta oʻyinining 2 tasida oʻynagan. Bundesliga, shuningdek, bitta DFB-Pokal oʻyinida oʻynagan. Rensing 2016—2017-yilgi mavsumni 34 ta liga va ikki kubok uchrashuvi bilan yakunlaydi. 2017—2018-yilgi mavsumda esa liganing dastlabki uchta oʻyinini va Germaniya kubogining ochilish bosqichi bilan boshladi.
Xalqaro faoliyati
Germaniyaning U-19 toifasida asosiy darvozabon boʻlgan Rensing 2004-yilda 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionati finalida mezbonlar safiga qoʻshilgan, lekin final oʻyinida maydonga tushirilmagan. Biroq, u oʻshandan beri U-21da asosiy darvozabon boʻlib, jamoasiga 2006-yilgi 21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevro chempionatiga chiqishga yordam berdi. U Germaniya va Serbiya terma jamoalarida oʻynash huquqiga ega.
Faoliyatining statistikasi
Yutuqlari
Bayern Munich
Manbalar
uz.wikipedia.org