Michael Leslie Dean
Maykl Lesli Din (inglizcha: Michael Leslie Dean) 1968-yil 2-iyunda tugʻilgan. Maykl Lesli Din nafaqadagi ingliz futbol hakami hisoblanadi.
2000-2022-yillarda Angliya premer-ligasini boshqargan. 2003-yildan 2013-yilgacha FIFA referisi hisoblangan.
Faoliyati
Din hakamlik faoliyatini 1985-yilda boshlagan. U Shimoliy Premer-ligada bosh hakam boʻlib faoliyat yuritgan. Keyin Futbol Ligasida yordamchi hakam boʻlib ishlagan. 1997-yildan esa Futbol Ligasi oʻyinlari hakami boʻlgan. 2000-yilda u Premer-liga oʻyinlariga xizmat qiluvchi hakamlar guruhiga kiritilgan. 2003-yildan beri FIFA hakamlari aʼzosi hisoblanadi.
2004-yilda u Amsterdam Arenada Gollandiya va Irlandiya terma jamoalari oʻrtasidagi oʻrtoqlik uchrashuvini boshqargan. Irlandlar Robbi Kinning goli evaziga oʻsha oʻyinda muhim boʻlgan 1:0 hisobida gʻalaba qozonishgan.
Oʻsha yili Din Angliya Superkubogi uchun "Arsenal" va "Manchester United" oʻrtasidagi oʻyinni boshqargan. Bu uchrashuvda „Arsenal“ 3:1 hisobida g‘alaba qozonishga muvaffaq boʻlgan. U oʻsha yili Football Association Trophy finalini ham boshqargan hakam hisoblanadi.
Din 2006-yil 13-mayda „Millenium“ stadionida boʻlib oʻtgan Angliya kubogi finaliga hakam etib tayinlangan. Oʻyinga bir oydan kamroq vaqt qolganda futbol assotsiatsiyasi oʻyin hakamini Alan Uayli bilan almashtirishga qaror qilgan. Bu qarorning asosiy sababi, Din final ishtirokchilaridan biri "Liverpool"ga nisbatan noxolis munosabatda boʻlishi mumkin, chunki uning oʻzi Mersisaydda istiqomad qilgan deb taʼkidlashgan. Bu tarixda birinchi marta Angliya kubogi finalida hakamning oʻzgartirilishi boʻlgan .
2006-yil 21-mayda u „Millenium“ stadionida yana bir oʻyinni boshqargan. Futbol Ligasi chempionatining pley-off finalida „Lids United“ hamda „Uotford“ga qarshi oʻyinda Din hakamlik qilgan. Oʻsha oʻyinda 3:0 hisobi qayd etilgan.
2008-yilgi Angliya kubogi finali
Din 2008-yilda Angliya kubogi finalida „Wembley“da „Portsmut“ va „Cardiff City“ oʻrtasidagi uchrashuvda hakam boʻlgan. Din boshqaruvida oʻtgan oʻyinda „Portsmut“ jamoasi gʻalaba qozongan.
Tanga otish hodisasi
2009-yil 5-aprel kuni futbol ligasi chempionati doirasidagi ikki Uels klubi, anʼanaviy tarzda ashaddiy raqib boʻlgan „Cardiff City“ va „Swansea City“ toʻqnash kelishgan. Uchrashuv vaqtida tomoshabinlardan biri Dinga tanga uloqtirgan va bu tanga uning peshonasiga tegib, hakamning peshonasi yorilgan. Janubiy Uels politsiyasi video tasvirlarni ko‘rib chiqib, voqeaga aloqador muxlislarni hibsga ish choralarini koʻrgan. Oʻyin oxirida Din „Swansea Siti“ darvozasiga bahsli penalti belgilagan va oʻyin 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlangan.
Statistika
Manbalar
uz.wikipedia.org